Xlor oksidlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xlor Oksidlaridan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Xlor oksidlari — xlorning kislorod bilan hosil qilgan birikmalari: Cl2O, Cl2O2, Cl2O6, Cl2O7, Cl2O8.

Xlor (I) oksid, Cl2O — sargʻishjigarrang qoʻlansa hidli (xlor hidi keladi) gaz; suyuqlanish temperaturasi — 121°, qaynash temperaturasi 2°. Kuchli oksidlovchi. Kaltsiy gipoxlorit olishda ishlatiladi.

Xlor (1U)oksid, Cl2O2 — qovoq rang oʻtkir hidli gaz; suyuqlanish temperaturasi 59,5°, qaynash temperaturasi 11°, kuchli oksidlovchi, portlaydi. Matolar, sellyuloza va yuqori navli qogʻozlarni oqartirish ishlarida foydalaniladi.

Xlor (hCh)oksid, Cl2O6 — havoda tutaydigan toʻq qizil suyuqlik; suyuqlanish temperaturasi 3,5°, qaynash temperaturasi 203°; oson oksidlanuvchan moddalarga tegsa portlaydi.

Xlor (UP)oksid (perxlorat angidrid), Cl2O7 — rangsiz suyuqlik; suyuqlanish temperaturasi —93°, qaynash temperaturasi 83°.

Cl2O8 — xlorid kislota va uning tuzlarini elektrolizlashda hosil boʻladigan oraliq mahsulot. Erkin holda ajratib olinmagan.