Xiuaz Dospanova
Xiuaz Kairovna Dospanova | |
---|---|
Хиуаз Каировна Доспанова | |
Tugʻilgan sanasi | 15-may 1922-yil |
Tugʻilgan joyi | Ganyushkin |
Vafot sanasi | 20-may 2008-yil |
Vafot joyi | Olmaota, Qozogʻiston |
Unvoni | Katta leytenant |
Harbiy qism | 46-„Taman“ gvardiyachi tungi bombardimonchi aviatsiya polki |
Jang/urush | Ikkinchi jahon urushi |
Mukofotlari |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Bilimi | bilimi |
Xiuaz Dospanova — (15-may 1922 ‒ 20-may 2008) Ikkinchi jahon urushi davridagi yagona qozoq ayol uchuvchi, Qozogʻiston qahramoni (2004). Qozogʻistonda Dospanova sharafiga pochta markalari chiqarilgan, haykal va esdaliklar oʻrnatilgan.
Dospanova urush yillarida Jukovskiy nomidagi Moskva Havo kuchlari akademiyasiga olinmagan, chunki oʻsha paytda akademiyaga faqat erkaklar qabul qilingan. Shu sabab u 1941-yil tibbiy insitutga kirgan. 1942-yilga kelib Marina Raskova yetakchiligdagi uchuvchi ayollar polkiga qoʻshilgan.
Dospanova umumiy hisobda 300 soat parvoz qilgan. Toʻrt marotaba jiddiy jarohat olgan va jang maydoniga qaytgan. U jangda qahramonlik koʻrsatgan. U Qizil Yulduz ordeni, Vatan urushi ordeni bilan mukofotlangan va qahramonliklari uchun koʻplab medallar bilan taqdirlangan.[1][2]