Xitoyda inson metapnevmovirusi (hMPV) tarqalishi (2024 — hozir)
Xitoyda inson metapnevmovirusi (hMPV) tarqalishi | |
---|---|
![]() Inson metapnevmovirusining tuzilishi va genomi | |
Kasallik | Inson metapnevmovirusi (hMPV) |
Joylashuv |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Birinchi holati | Pekin, Xitoy |
Sana | 16-dekabr 2024 – hozir |
Tasdiqlangan holatlar | nomaʼlum[4] |
Inson metapnevmovirusi (hMPV) – Paramiksoviruslar oilasiga mansub virus hisoblanib, insonlarda, ayniqsa bolalar va immuniteti zaif odamlarda nafas olish yoʻllari kasalliklarini keltirib chiqaradi. Xitoyda ushbu virusga kasallanish bilan ilk holat 2024-yil 16-dekabr kuni kuzatildi. 2025-yil yanvar oyiga kelib, kasallanish holatlari keskin oshib bormoqda va mamlakat sogʻliqni saqlash tizimiga bosim oʻtkazmoqda. Dunyoning oʻnga yaqin mamlakatlarida ushbu virus bilan kasallanish qayd etilmoqda.
Oʻzbekistonda yanvar oyi boshida ijtimoiy tarmoqlarda shifoxonalar ushbu virusga chalingan bolalar bilan toʻlib ketganligi haqidagi har xil videoroliklar tarqala boshladi. Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligi Respublika pediatriya markazi metapnevmovirus bilan kasallangan bolalar bilan toʻlgani haqidagi xabarlarni rad etdi[5][6].
Alomatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]hMPV belgilari COVID-19 va gripp kabi boshqa nafas yoʻli bilan bogʻliq infeksiyalarga oʻxshaydi. Eng keng tarqalgan alomatlarga quyidagilar kiradi:
- Yoʻtal
- Burun oqishi
- Isitma
- Nafas qisishi
- Bosh ogʻrigʻi
- Tomoq ogʻrigʻi
- Charchash
Baʼzi bemorlarda pnevmoniya va surunkali nafas olish kasalliklarining kuchayishi kabi asoratlar paydo boʻlishi mumkin
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Xitoyda tarqalayotgan virus Qozog‘istonda ham aniqlandi“. Daryo.uz. Qaraldi: 5-yanvar 2025-yil.
- ↑ „ICMR Detects Two Cases of Human Metapneumovirus (HMPV) in Karnataka“ (en).
- ↑ „В Кыргызстане выявлено всего два случая метапневмовируса“. 24.kg. Qaraldi: 6-yanvar 2025-yil.
- ↑ „Вспышка метапневмовируса человека зарегистрирована в Китае“ (ru). Qaraldi: 2025-yil 5-yanvar.
- ↑ „SSV Respublika pediatriya markazi metapnevmovirus bilan kasallangan bolalar bilan to‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi“. Gazeta.uz. Qaraldi: 6-yanvar 2025-yil.
- ↑ „Минздрав Узбекистана опроверг заявления о переполненности больницы зараженных метапневмовирусом“. Anhor.uz. Qaraldi: 6-yanvar 2025-yil.