Chumiza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xitoy qoʻnogʻidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Chumiza
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Chumiza, Xitoy qoʻnogʻi (Setaria italica maxima) — boshoqsoshlar oilasiga mansub bir yillik madaniy oʻsimlik; ozuqabop va donli ekin. Koreya, Hindiston, Mongoliya, Yaponiya, Ukraina, Belorussiya, Gruziya, Shim. Kavkaz, Uzoq Sharqda yetishtiriladi. Ch. oziq-ovqat (yorma va un) va yemxashak uchun ekiladi. 100 kg koʻk massasida 15,5 kg ozuqa birligi va 21,1 kg hazm boʻladigan protein; xashagida 55 kg ozuqa birligi va 3,4 kg hazm boʻladigan protein bor. Koʻk massasi, pichani va silosi qoramollarga, qoʻylarga, otlarga, doni barcha chorva hayvonlariga beriladi. Ch. qurgʻoqchilikka chidamli, issiqsevar, yotib qolmaydigan oʻsimlik. Urugʻi 5° da unib chiqadi. Doni uchun keng qator oralab, qator oralari 45—60 sm (10—12 kg/ga) qilib, pichan uchun qatorasiga ekiladi. Oʻsish davri 70—80 kundan 120—140 kungacha davom etadi. Gektaridan 250—300 s gacha koʻkpoya, 40 s gacha don, 50—70 s pichan beradi.