Rami

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xitoy Chayon O‘tidan yoʻnaltirildi)

Rami (Boehmeria), xitoy chayon oʻti, qichitqon — gazandadoshlar oilasiga mansub koʻp yillik lub tolali usimliklar turkumi. Vatani — Xitoy. Yaponiya, Shimoliy Hindiston, Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlarida koʻp ekiladi. R.ning 90 dan ortiq turi bor, ulardan ikkitasi: oq P. (B.nivea Hook) va yashil P. (B.utilis Blume) keng tarqalgan. Issiqsevar, namsevar oʻsimlik. Oq R. barglarining pastki tomoni oq tuklar bilan krplangan. Yashil R.da bu belgi sezilmaydi. Ikkala turi ham tola olish maqsadida ekiladi. R. buyi 1–3 m ga boradi, juda tez oʻsuvchi bir qancha tik poyalardan iborat (bir tupda 50 tadan ortiq poya rivojlanadi). Bargi uz. 7—21 sm, navbatmanavbat joylashgan, barg Rami, bandining uz. 7—10 sm. Urugʻi juda mayda. R.ning tolasi yuqori texnologik sifatga ega, kanop tolasiga nisbatan 4 marta, paxta tolasiga nisbatan 7 marta pishiq. Tolasidan gazlama tukiladi, poyabzal ishlab chiqarishda, balikchilikda ishlatiladi. 19-asrning 60-yillaridanSharqiy Gruziyaga keltirilgan. 20-asrning 30-yillarida Oʻzbekiston lub tolali ekinlar tajriba stansiyasiaa kanop, kendir, jut bilan bir katorda R.ni ustirish tajribalari olib borilgan. Sugʻorib ekiladi, ekilgandan keyin ikkinchi yildan boshlab bir yilda uch marta (oʻsish boshlanishi davrida 60— 70 kun oralatib) oʻrib olinadi. Hosildorligi quruq poya boʻyicha 500—800 s/ga va undan ortiq. Tolasi yashil poyalardan ajratib olinadi, tola chiqishi 22,5%.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil