Xiomara Castro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xiomara Castro

Castro 2007-yilda
Honduras prezidenti
Mansab davri
27-yanvar 2022-yil
Vitse-prezident Salvador Nasralla
Oʻtmishdoshi Juan Orlando Hernández
Honduras birinchi xonimi
Mansab davri
27-yanvar 2006-yil – 28-iyun 2009-yil
Prezident Manuel Zelaya
Oʻtmishdoshi Aguas Ocaña
Vorisi Siomara Girón
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Iris Xiomara Castro Sarmiento

30-sentyabr 1959-yil (1959-09-30) (64 yosh)
Santa Bárbara, Honduras
Fuqaroligi Honduras bayrogʻi Honduras
Turmush oʻrtogʻi
Manuel Zelaya (turm. 1976)

Iris Xiomara Castro Sarmiento[1] (talaffuzi: Iris Siomara Kastro Sermiento) yoki Xiomara Castro de Zelaya (talaffuzi: Siomara Kastro de Selaya); 30-sentyabr 1959-yilda tugʻilgan) honduraslik siyosatdondir. 2022-yilning 27-yanvaridan Honduras prezidenti lavozimini egallaydi.[2][3][4] U mamlakat tarixida prezident lavozimini egallaydigan ilk ayol boʻlishi kutilmoqda.[5]

Uning turmush oʻrtogʻi Manuel Zelaya 2006-yildan 2009-yilga qadar Honduras prezidenti boʻlgan. 2006- va 2009-yillarda mamlakat birinchi xonimi oʻlaroq Manuel Zelayaga qarshi 2009-yilda sodir boʻlgan davlat toʻntarishiga qarshilik koʻrsatuvchi harakat yetakchisi boʻlgan.[3][4] Castro 2021-yilda oʻtkazilgan Hondurasdagi prezidendlik saylovida raqibi boʻlmish Nasri Asfurani magʻlub etdi. Dastlabki natijalarga koʻra, soʻl kuchlar nomzodi boʻlgan Castro 53,4 foiz, uning raqibi esa 34 foiz ovoz toʻplagan.[6]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]