Kontent qismiga oʻtish

Xinux (operatsion tizim)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Operatsion tizim
Xinux
Ishlab chiquvchi Uzinfocom
OT oilasi Linux (Unix-simon)
Negiz kodi Ochiq manbali dastur
Ilk e’lon qilinishi 2021 (5 yil avval) (2021)
Soʻnggi versiyasi 25.11[1]
Paket menedjerlari nix package manager
Yadro tipi Monolit (Linux yadrosi)
Interfeys GNOME
Litsenziya GNU General Public License 3.0
Holati faol
Veb sayt xinux.uz

Xinux – Uzinfocom mutaxassislari tomonidan yaratilgan Linux yadrosi ustiga qurilgan ochiq kodli operatsion tizim. GPL 3.0 litsenziyasi asosida bepul tarqatiladi[2]. Operatsion tizim Uzinfocom Open Source jamoasi va Xinux hamjamiyati tomonidan qoʻllab quvvatlanadi[3][4][5].

Operatsion tizimni ishlab chiqish 2021-yilda boshlangan[manba kerak]. 2022-yil avgust oyida Xinux operatsion tizimining beta-versiyasi ommaga taqdim etilgan[6]. 2023-yil Xinux ochiq hamjamiyatining aʼzolari soni 550 kishiga yetgan[manba kerak]. Shu yilning fevral oyida .UZ domen zonasi uchun Xinux asosida yangi server ishga tushirilgan[7][8]. 2025-yil 15-dekabr kuni Xinux 25.11 stabil versiyasi chiqarilgan. Joriy 25.11 versiyasi GNOME ishchi muhitida va NixOS tizimi asosida yozilgan[9][10]. 2025-yil mart oyi holatiga koʻra, Xinux hamjamiyati tomonidan mahalliylashtirish loyihasi natijasida GNOME 48.0 ishchi muhiti oʻzbek tiliga 6% tarjima qilingan[11].

  1. 1 2 „Xinux Operatsion Tizimi“. Xinux.uz. Qaraldi: 2026-yil 6-yanvar.
  2. „UZINFOCOM jamoasidan yangi XINUX dasturiy ta’minotni tarqatish shakli operatsion tizimining chiqarilishi“. Администрация домена .UZ (2022-yil 9-avgust). Qaraldi: 2026-yil 6-yanvar.
  3. „Open-Source Software (OSS)“ (Rus tilida). Digital Government. — „Разработка и поддержка собственных OSS-решений, таких как Xinux и Kibertexnik.“. Qaraldi: 2026-yil 6-yanvar.
  4. orzklv. „Unofficial Nix/NixOS Uzbek Community on Telegram“ (Ingliz tilida). NixOS Announcements (2024-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2026-yil 6-yanvar.
  5. „Uzinfocom Open Source“. Uzinfocom. Qaraldi: 2026-yil 6-yanvar.
  6. „Релиз операционной системы нового дистрибутива XINUX от команды UZINFOCOM“ (Rus tilida). Администрация домена .UZ (2022-yil 9-avgust). Qaraldi: 2026-yil 6-yanvar.[sayt ishlamaydi]
  7. „O‘zbekistonda .UZ domen zonasining yangi DNS serveri Xinux operatsion tizimida ishlay boshladi“. Администрация домена .UZ (2023-yil 10-fevral). Qaraldi: 2026-yil 6-yanvar.
  8. „In Uzbekistan, a new DNS server of the .UZ domain zone has started running on its own Xinux operating system“ (Ingliz tilida). Administration of the .UZ domain (2023-yil 10-fevral). Qaraldi: 2026-yil 6-yanvar.
  9. „Xinux - Linux Hamjamiyati“. Github. Qaraldi: 2026-yil 6-yanvar.
  10. „Xinux Nix Darwin“ (Ingliz tilida). Qaraldi: 2026-yil 6-yanvar.
  11. „GNOME Linuxʼga o‘zbek tilini qo‘shish“. Xinux.uz. Qaraldi: 2026-yil 6-yanvar.
  12. 1 2 „O‘zbekistonda .UZ domen zonasining yangi DNS serveri Xinux operatsion tizimida ishlay boshladi“. «UZ» домени маъмурияти (2023-yil 10-fevral). Qaraldi: 2026-yil 6-yanvar.
  13. „Linux rivojlantirish hamjamiyati“. Xinux.uz. Qaraldi: 2026-yil 6-yanvar.