Xeylunszyan
Xeylunszyan - Xitoyning shimoli-sharqiy qismidagi provinsiya, Amur daryosi (xitoycha Xeylunszyan) havzasida. Maydoni - 463,6 ming km². Aholisi - 37,73 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Xarbin shahri.
Yer yuzasining aksari qismi tekislik. Shimoli-gʻarbida Katta Xingan, oʻrta qismida Kichik Xingan, janubi-sharqida Sharqiy Manchjuriya togʻlari joylashgan. Maydonining 30% oʻrmon bilan qoplangan. Xoʻjaligi agrar-industrial xarakterga ega. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Bugʻdoy, makkajoʻxori, gaolyan, kartoshka, arpa, suli va boshqa ekiladi. X. qand lavlagi, soya, uzun tolali zigʻir, kungaboqar yetishtirishda mamlakatda 1oʻrinda. Kumir, yonuvchi slanets, temir rudasi va rangli metall rudalari qazib olinadi. Neftni qayta ishlash sanoati rivojlangan. Neft quvurlar orqali Datsin, Pekin, Shanyan Dalyan shaharlariga yuboriladi. Mashinasozlikning turli tarmoqlari, metallurgiya, kimyo, qogʻoz, yogʼochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari, stanoklar, elektrotexnika, radioelektronika buyumlari ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoatlari rivojlangan. Daryolarida kema qatnaydi. Asosiy shaharlari — Sitsikar, Mudantszyan, Xegan va boshqalar.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |