Xet-trik
Xet-trik (inglizcha: hat-trick, soʻzma-soʻz tarjimasi: bosh kiyim bilan bogʻliq uslub), maʼnosi ketma-ket uch marta toʻp kiritish — bir qator sport turlarida uch raqami bilan bogʻliq ijobiy mazmundagi atamadir. Bu atama kriketda paydo boʻlgan. Hozirda futbol, futzal, xokkey, regbi, lakross, suv polosi, gandbol, bendi, shuningdek, „gol“ tushunchasi umuman mavjud boʻlmagan baʼzi sport turlarida keng qoʻllaniladi[1].
Atamaning kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xet-trik atamasi 1858-yilda Angliyada paydo boʻlgan, oʻshanda Hyde Parkda boʻlib oʻtgan Britaniya kriket chempionati paytida Hitfield klubi kriketchisi H. H. Stephenson ketma-ket uch marta raqib darvozasiga gol urgan edi. Bu natija uning muxlislarini shunchalik hayratga solganki, ular pul yigʻib, kriketchiga sovgʻa sifatida bosh kiyim sotib olishgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Fettel sdelal xet-trik. Sebastyan Fettel v tretiy raz podryad stal chempionom mira
- ↑ Extended Oxford English Dictionary 1999 Edition : „It came into use after HH Stephenson took three wickets in three balls for the all-England eleven against the twenty-two of Hallam at the Hyde Park ground, Sheffield in 1858. A collection was held for Stephenson (as was customary for outstanding feats by professionals) and he was presented with a cap or hat bought with the proceeds.“