Xayolim senda
Qiyofa
| „Xayolim senda“ | |
|---|---|
| „Bolalar“ singli | |
| Chiqarilgan sanasi | 1998 |
| Yozib olingan | 1998 |
| Janr | pop-rok |
| Davomiyligi | 3:38 |
| Qoʻshiq muallif(lar)i | Tohir Sodiqov |
| Bastakor(lar) | Tohir Sodiqov |
| Klipi | |
| „Xayolim senda“ YouTubeda | |
„Xayolim senda“[izoh 1] — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. 1998-yil[manba kerak] chiqarilgan. Guruh solisti Tohir Sodiqov yakkaxon chiqishlarida „Xayolim senda“ qoʻshigʻini tez-tez ijro etib turadi[1]. Qoʻshiqning matnini ham, kuyini ham Sodiqov yozgan[manba kerak].
„Xayolim senda“ qoʻshigʻi „Bolalar“ repertuaridagi eng keng tanilgan qoʻshiqlarning biridir. Guruh konsertlarini aynan shu qoʻshiq bilan yakunlash anʼanaga aylangan. Ashulani bir necha qoʻshiqchi, jumladan, Jasur Gʻoipov kaver qilgan[2].
„Xayolim senda“ qoʻshigʻida butun fikr-u xayoli suyukli yorida boʻlgan oshiq haqida kuylanadi. Qoʻshiq lya-major tonalligida yozilgan. Yakuniy naqorat esa bir ton yuqori, yaʼni si-major tonalligida.
Izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Koʻp manbalarda qoʻshiq nomi „hayolim“ oʻlaroq notoʻgʻri yozilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „M&TVA - 2012 Тақдимот маросими олдидан“. Fattohhon (24-dekabr 2012-yil). 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyun 2022-yil.
- ↑ „Жасур Ғоипов устози учун муносиб совға тайёрлади“. SheJot (2-iyul 2014-yil). 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyun 2022-yil.