Xasi tepaliklari
Khasi tepaliklari Khasi Hills | |
|---|---|
| Mintaqa | |
|
| |
| 25°35′0″N 91°38′0″E / 25.58333°N 91.63333°E | |
| Mamlakat | Hindiston |
| Shtat | Meghalaya |
| Aholisi (2011) |
1 468 223 |
|
| |
Xasi tepaliklari yoki Kxasi ((/ˈkɑːsi/)) – Hindistonning Meghalaya shtatidagi Shillong platosida joylashgan past togʻ tizmasi. Xasi tepaliklari Gʻaro–Xasi–Jaintiya tizmasining bir qismi boʻlib, sharqda Purvanchal tizmasi va yirik Patkay tizmasi bilan tutashadi. Xasi tepaliklari va butun Gʻaro–Xasi–Jaintiya tizmasi Meghalaya subtropik oʻrmonlari ekomintaqasiga kiradi.
Kxasi tepaliklari va butun Meghalaya shtati 1970-yilgacha maʼmuriy jihatdan Assom tarkibiga kirgan. Ayniqsa eski manbalarda bu hudud Khasia Hills shaklida ham yozilgan[1].
Hududda asosan mahalliy qabila — xasilar yashab kelgan. Ular tarixan mustaqil, lekin kichik-kichik boshliqlar boshqaradigan siyosiy tuzilmalarda yashab kelgan. Bu tuzilmalar „Xasi tepaliklari davlatlari“ nomi bilan tanilgan. Poytaxtlaridan biri boʻlgan Sohra dunyodagi eng nam joylardan biri hisoblanadi. Xasilar orasida presviterian aholi koʻpchilikni tashkil qiladi, undan keyin esa katoliklar va anglikanlar turadi[2].
Hudud Xasi tepaliklari tumani tarkibiga kirgan boʻlib, u 1976-yil 28-oktyabrda G‘arbiy Xasi tepaliklari tumani va Sharqiy Xasi tepaliklari tumaniga boʻlingan[3].
Eng baland choʻqqi — Lum Shillong, uning balandligi 1 968 metr (6 457 fut)[4]. U Shillong shahridan bir necha kilometr janubda joylashgan[5].
Maʼmuriy boʻlinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maʼmuriy jihatdan Xasi tepaliklari avval Xasi tepaliklari tumani tarkibida boʻlgan[6]. Ushbu tuman 1976-yil 28-oktyabrda Sharqiy Xasi tepaliklari tumani va Gʻarbiy Xasi tepaliklari tumaniga ajratilgan[7]. 1992-yil 4-iyunda esa Ri-Bxoy tumani Sharqiy Xasi tepaliklari tumanidan ajratib tashkil etilgan[8].
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, hudud aholisi 1 468 223 kishini tashkil etgan[9][10][11][12].
Dini
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xasi tepaliklarida yashovchilarning katta qismi — 1 128 769 kishi nasroniylik dinining turli oqimlariga mansub boʻlib, ularning aksariyati presviterianlar va katoliklardir. 182 353 kishi asosan hinduizmga eʼtiqod qiladi, ular koʻproq mahalliy boʻlmagan aholi (bengallar, nepallar, biharliklar, marvarlar va boshqalar). 127 735 nafar xasi qabilasi aʼzolari hanuzgacha oʻzlarining mahalliy diniy anʼanasi – „Ka Niam Khasi“ga amal qiladi. Islom esa ozchilikni tashkil etadi, taxminan 17 471 kishi musulmon hisoblanadi. Yana 0,81 foiz aholining boshqa dinlarga mansubligi qayd etilgan[13].
Tili
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xasi tili 1 149 178 kishi uchun ona tilidir, 88 533 kishi esa garo tilida soʻzlashadi. 3- va 4-oʻrinlarda mos ravishda bengal tili (56 086 kishi) hamda nepal tili (48 010 kishi) turadi. Sharqiy Xasi tepaliklari tumanida esa koʻp sonli qabila boʻlmagan aholining yashashi tufayli til jihatidan katta xilma-xillik kuzatiladi[14].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sarkar, A.B. Chaudhuri & D.D.. Megadiversity conservation : flora, fauna, and medicinal plants of India's hot spots. Delhi: Daya Publishing House, 2003. ISBN 8170353017.
- ↑ Bhaumik, Subir. „World's wettest area dries up“ (stm). South Asia News. Calcutta: BBC (2003-yil 28-aprel). Qaraldi: 2008-yil 21-fevral.
- ↑ Bhattacharjya, Umasaday. Local government in Khasi Hills. Vivek, 1980, 1980 — 263-bet.
- ↑ Karlsson, Bengt G.. Unruly hills : a political ecology of India's northeast. New York: Berghahn Books, 2010. ISBN 978-0857451040.
- ↑ Beyond Goffman : studies on communication, institution, and social interaction. Berlin [u.a.]: Mouton de Gruyter, 1990. ISBN 3110122081.
- ↑ Shangpliang, Rekha M.. Forest in the life of the Khasis. New Delhi: Concept Pub. Co., 2010. ISBN 978-8180696671.
- ↑ „East Khasi hills“. Government of India. Qaraldi: 2012-yil 15-avgust.
- ↑ „About district“ (en). Ri Bhoi District | Government of Meghalaya. Qaraldi: 2024-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Demography | East Khasi Hills | India“ (en-US). Qaraldi: 2024-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Demography | West Khasi Hills District | Government of Meghalaya | India“ (en-US). Qaraldi: 2024-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Demography | South West Khasi Hills District | India“ (en-US). Qaraldi: 2024-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Demography | Ri Bhoi District | India“ (en-US). Qaraldi: 2024-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Population by religion community – 2011“. Census of India, 2011. The Registrar General & Census Commissioner, India. 2015-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ DDW-C16-STMT-MDDS-0000.xlsx
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yule, Henry (1844). "Notes on the Khasia Hills, and people". Journal of the Asiatic Society of Bengal 14 Part 2, Jul-Dec (152): 612–631. https://www.biodiversitylibrary.org/page/40125685.