Xasan Raxmatov
| Xasan Raxmatov | |
|---|---|
Raxmatov Xasan Utkirovich | |
|
| |
|
Mansab davri 16-aprel 2025-yildan – hozirgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Bosh vazir | Abdulla Aripov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
Raxmatov Xasan Utkirovich 13-sentyabr 1985-yil Samarqand, Samarqand viloyati, OʻzSSR |
| Fuqaroligi |
|
| Millati | oʻzbek |
| Istiqomat joy(lar)i | Toshkent, Oʻzbekiston |
| Taʼlim | Toshkent moliya instituti |
| Dini | islom |
| Ilmiy unvoni | Iqtisod fanlar nomzodi 2011-yil, Iqtisod fanlari doktori 2020-yil |
| Maʼlumoti | oliy |
Raxmatov Xasan Utkirovich (1985-yil 13-sentyabr, Samarqand, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik iqtisodchi, bankir. Mehnat faoliyati davomida 2008-2013-yillarda AT Aloqabankda, 2013-2016 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida turli lavozimlarda, xususan, rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek, X.Raxmatov 2016-yildan 2024-yilgacha AT Aloqabank Boshqaruv Raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2024-yil 24-yanvardan 2025-yil kuni yanvar oyigacha Poytaxt bank AJ boshqaruv raisi lavozimida faoliyat olib borgan[1]. 2025-yil fevral oyidan ATB ASIA ALLIANCE BANK kuzatuv kengashi raisi etib tayinlandi[2].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xasan Raxmatov 1985-yil 13-sentyabrda Samarqand viloyatida ziyoli oilada tugʻilgan. 2006-yil Toshkent moliya institutining bakalavr bosqichini, 2008-yil ushbu institutning magistratura bosqichini tamomlagan. 2011-yilda „Iqtisod fanlari nomzodi“, 2020-yilda „Iqtisod fanlari doktori“ ilmiy darajalarini olgan.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]X. Raxmatov – Oʻzbekiston bank-moliya tizimidagi tajribali mutaxassis va menejer.
Uning mehnat faoliyati 2008–2013-yillarda AT Aloqabank (Respublika apparati) tizimida boshlangan. 2013–2016-yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida turli lavozimlarda mehnat qilgan. 2016–2024-yillarda AT Aloqabank Boshqaruvi raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
2024-yil 24-yanvardan 2025-yil yanvar oyigacha „Poytaxt bank“ AJ Boshqaruv raisi lavozimida ishlagan[1]. 2025-yil fevral oyidan boshlab ATB „ASIA ALLIANCE BANK“ Kuzatuv kengashi raisi etib tayinlangan[2].
2025-yil 16-apreldan esa „Milliy banklararo protsessing markazi“ aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi maslahatchisi lavozimiga ham tayinlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Raxmatov, Xasan „“Poytaxt Bank” AJga yangi rais tayinlandi.“. Platina.uz. Platina.uz. Qaraldi: 12-noyabr 2024-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „Xasan Raxmatov Asia Alliance Bank kuzatuv kengashi raisi etib saylandi“.


