Xartumlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xartumlilar (Proboscida) - sut emizuvchilar sinfi turkumi. Ustunsimon oyoklari 5 barmoqli. Ustki labi va burni juda choʻzilib xartumni hosil qiladi (nomi shundan). X. — oʻtxoʻr. Hozirgi X.ning fillar oilasiga mansub 2 turi maʼlum. X.ning tepa jagʻidagi 2 ta kurak tishi tashqariga oʻsib chiqqan boʻlib, fil suyagi deyiladi. Fil suyagi jahon bozorida juda qadrlanadi. Hid bilish va eshitish organlari yaxshi rivojlangan. Terisi qalin, siyrak tukli, serajin burmalar hosil qiladi. Faqat hozirgi qirilib ketgan mamontlar terisi qalin jun bilan qoplangan boʻlgan. X.dan xoʻjalik ishlarida foydalaniladi. Soni kamaygani uchun ayrim joylarda muhofazaga olingan.