Nikolay Xanikov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xanikov Nikolay Vladimirovichdan yoʻnaltirildi)

Nikolay Vladimirovich Xanikov (1819.24.10, Kaluga gubernyasining Lixvinsk uyezdi — 1878.3.11, Parij yaqinidagi Rambulye) — maxsus topshiriq bilan Buxoro amirligiga yuborilgan rus geografi, sharqshunosi va diplomati. Sarskoye Selodagi litsey (1836)ni tugatib sharq tillari (asosan, arab va fors)ni mustaqil oʻrgangan. Perovskiy ekspeditsiyasi (1839—40) tarkibida Xiva xonligita. qarshi uyushtirilgan harbiy bosqinda qatnashgan va xonlik haqida josuslik maʼlumotlarini toʻplagan. 1841—42 yillarda josuslik niyatidagi Butenev missiyasi tarkibida Buxoro amirligida boʻlgan. Zakavkazye oʻlkasi Bosh boshqarmasining diplomatik kandelyariyasi xodimi (1845—50). Rus geogr. jamiyati Kavkaz boʻlimi rahbari (1850—54), Tabriz (Eron)da bosh konsul (1854—57), Xurosonga uyushtirilgan ilmiy ekspeditsiya rahbari (1858— 59). 1860 yildan umrining oxirigacha Parij va uning atrofida yashagan. X. Turkiston, Buxoro, Eron, Afgʻoniston, Kavkaz xalklari tarixi, etn.si, geof.siga oid koʻplab asarlar yozgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Opisaniye Buxarskogo xanstva, S.P.6., 1843.

Ld.:Xalfin N. A., Rassadina Ye. F., Xanikov — vostokoved i diplomat, M., 1977; Istoriya Uzbekistana v istochnikax i soobsheniyax puteshestvennikov i uchenix (20— 80e. godi XIX), T., 1990; Gʻaniyev I., Mustanov K., Turkiston va N. V. Xanikov, Buxoro, 1995.