Xalqaro xotin-qizlar kuni namoyishlari, 1979-yil Tehron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
1979-yil 8-mart Tehrondagi namoyish
1979-yil 8-mart Tehrondagi namoyish

1979- yil 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kunida Eronning Tehron shahrida ayollar namoyishi boʻlib oʻtdi. Namoyish dastlab Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash uchun moʻljallangan edi, biroq Eron inqilobi davrida ayollar huquqlarida roʻy berayotgan oʻzgarishlarga, xususan, bir kun avval eʼlon qilingan majburiy hijob (roʻmol oʻrash) joriy etilishi ommaviy norozilik namoyishlarga sabab boʻldi. Namoyishlar olti kun davom etdi, 1979-yil 8-martdan 14-martgacha minglab ayollar ishtirok etdi.

Fon[tahrir | manbasini tahrirlash]

1936-yildagi Kashf-e hijob qonuni bilan roʻmol oʻrash bekor qilingan edi. 1941-yildan boshlab Muhammad Rizo Pahlaviy davrida ayollar oʻzlari xohlagancha kiyinish huquqiga ega edilar.[1] Biroq, uning tuzumi davrida chador qoloqlik belgisi va quyi tabaqaga mansublik koʻrsatkichi hisoblangan. Roʻmol kiygan ayollar maʼlumoti cheklangan konservativ diniy oilalardan, roʻmolsiz ayollar esa oʻqimishli yuqori yoki oʻrta tabaqa vakillari deb taxmin qilingan.[1]

Hijobni konservativlar ezgulik belgisi deb bilishgan. Boshi ochiq ayollar „jamiyat axloqi“ haqidagi anʼanaviy konsepsiyaga putur yetkazuvchi „buzuq G‘arb madaniyati“ targ‘ibotchisi sifatida va haddan tashqari bashang „burjua qoʻgʻirchoqlari“ kabi nomlarni oldilar.[2] Hijobni pahlaviylar oʻzlarining modernizatsiya siyosatlariga va oʻz hukmronliklariga qarshi isyon deb bilishgan.

Inqilobga olib borgan ommaviy norozilik namoyishlari paytida namoyishlarda qatnashgan ayollar koʻpincha roʻmol oʻrab yurishgan. Boshi ochiq ayollar koʻpincha fundamentalist inqilobchilar tomonidan taʼqib qilingan.[3] Inqilobdan soʻng roʻmol oʻrash majburiyatini koʻrsatuvchi hech qanday rasmiy qonun chiqarilmagan edi. Lekin boshi ochiq ayollar taʼqib qilinib, bosim ostida boʻlganligi sababli, ularning koʻpchiligi taʼqibdan qochish uchun roʻmol oʻrashga majbur boʻlishdi.[3]

7-mart kuni Oyatulloh Humayniy barcha ayollarning ish joylarida ro‘mol oʻrab yurishlari kerak ekanligi haqida majburiy farmonni eʼlon qildi.

Biroq inqilob davrida muxolifat ramzi sifatida majburan ro‘mol oʻragan nokonservativ ayollar ro‘mol o‘rashning majburiy bo‘lishini kutmagan edilar va majburiy ro‘mol farmoni eʼlon qilingach, qonun norozilik va qarshiliklarga duch keldi.[2]

Ayollar orasida Shoh davrida qoʻlga kiritilgan fuqarolik huquqlaridan mahrum boʻlishlari mumkinligi haqida qoʻrquv bor edi.[4]

Noroziliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

8-mart kuni ertalab o‘n minglab ayollar Tehrondagi yangi bosh vazir idorasi oldiga yig‘ildi. Yana 3000 nafar ayol Oyatulloh Humayniy qarorgohi boʻlgan Qum shahrida namoyishga chiqishdi.[4]

Ayollar oʻz huquqlarini cheklashga urinishlarga qarshi norozilik bildirishdi.[5] Namoyishchilardan biri shunday deb eslaydi: „Bu qonun ayollar huquqlarini tortib olishga qaratilhan birinchi qadam ekanligiga shubha yoʻq edi va biz ayollar inqilobchilar sifatida bunga qarshi turishimiz kerak“.[5] Yana bir shior: "Ozodlik shafaqida erkinlik yo‘

Erkak tarafdorlar namoyishchilarni himoya qilish uchun ayollarning ikkala tomoniga inson zanjirlarini oʻrnatdilar.[4][5] Biroq zanjir bir necha bor uzilib, ayrim ayollar hujumga uchragan.[4]

Xabar qilinishicha, militsionerlar ayollar va ularga qarshi namoyishchilar to‘qnashuvga yaqinlashganda, qurollardan havoga oʻq otilgan.[4]

Bir namoyish davomida 15 000 namoyishchi Adolat saroyini egallab oldi.[4] Namoyishchilar sakkizta talabdan iborat roʻyxatni taqdim etishdi. Roʻyxatga ayollarning kiyim tanlash huquqi kiritilgan, erkaklar bilan teng fuqarolik huquqlari, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy huquqlarda kamsitmaslik, ayollarning qonuniy huquq va erkinliklarini to‘liq taʼminlash kafolati kirar edi.[4]

Erondagi munosabat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hukumat va islom yetakchilari namoyishlarni tinchlantirishga harakat qilishdi. Oyatullohning yordamchilari noroziliklarga nisbatan ayollarni faqatgina „kamtarona libos“ kiyishga chaqirganliklarini aytishdi.[4]

Xalqaro munosabat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Germaniya, Fransiya, Misr va boshqa bir qator mamlakatlarning feministlari Birdamlik qoʻmitasini (CIDF) tuzish uchun birlashdilar.[6] Eronga Simone de Beauvoir raisligidagi Xalqaro Ayollar huquqlari qoʻmitasi (Birdamlik qoʻmitasi yoki CIDFning boshqa nomi) tomonidan birdamlik delegatsiyasi yuborildi.[5]

Namoyishlarda talaba faollari ishtirok etish uchun taklif qilingan amerikalik feminist Keyt Millett ishtirok etdi.[5]

Fransiyaning Psychoanalysis va Politics guruhlari tomonidan namoyishlar haqida 12 daqiqalik hujjatli film suratga olingan. Hujjatli film ushbu voqealarning yagona mavjud filmi boʻlib qolmoqda.[5]

Natijalar va oqibatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Namoyishlar natijasida hijob kiyishning majburiyligi toʻgʻrisidagi farmon vaqtinchalik bekor qilindi.[2] Soʻl va liberallar tarafdorlari yoʻq qilinib, konservatorlar yakka nazoratni qoʻlga olgach, barcha ayollarga roʻmol kiyish joriy etildi.[2] Bu 1980-yil iyul oyida „Idoralarning islomiylashuvi“ bilan boshlandi, o‘shanda davlat idoralari va jamoat binolariga hijobsiz ayollarga kirish taqiqlangan. 1981-yil iyul oyida jamoat joylarida majburiy hijob kiyish toʻgʻrisidagi farmon joriy etildi, undan soʻng 1983-yilda Islomiy jazo toʻgʻrisidagi qonunda hijobsiz ayollarga nisbatan jismoniy jazo qoʻllanilishi belgilandi:[1] „Omma oldida hijobsiz chiqqan ayollar 74 tagacha qamchi urishga hukm qilinadi.“[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]