Xalqaro xotin-qizlar kuni
Xalqaro xotin-qizlar kuni | |
---|---|
![]() |
|
Xalqaro xotin-qizlar kuni uchun nemis plakati 1914 yil 8 mart | |
Nishonlovchilar | 1910-yil |
Turi | |
Sana | 8-mart |
Xalqaro xotin-qizlar kuni (dastlab Xalqaro ishchi xotin qizlar kuni deb atalgan) har yili 8-martda nishonlanadi.[1] Turli mintaqalarda nishonlash asosi umumiy ayollarga hurmat-ehtirom, tushunish va muhabbatdan boshlab, ayollarning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy yutuqlarini nishonlashgacha turli xildadir. Aslida sotsialistlarning siyosiy harakati sifatida yuzaga kelgan boʻlsa ham bu bayram koʻp mamlakatlar madaniyatiga singib ketgan. Bu mamlakatlar asosan Sharqiy Yevropa, Rossiya va sobiq Sovet mamlakatlaridir.
Baʼzi hududlarda bayram oʻzining siyosiy maʼnosini yoʻqotdi va shunchaki erkaklar uchun ayollarga boʻlgan mehrlarini izhorlash uchun fursatga aylandi. Xalqaro xotin-qizlar kuni AQShdagi Onalar kuni va Muqaddas Valentin kunining aralashganiga oʻxshaydi. Lekin boshqa hududlarda BMT aytib oʻtgan boshidagi siyosiy va inson huquqlari mavzulari hali ham kuchli. Bu mamlakatlarda ayollarning siyosiy va ijtimoiy kurashlari tilga olinadi va umid bilan oʻrganiladi.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ayollar uchun maxsus bir kunni tanlash haqida ilk bor 1909-yilda soʻz yuritilgan. Bu tashabbusni AQSH sosialistik partiyasi ilgari surgan. Biroq 1910-yilda Daniya poytaxti Kopengagenda boʻlib oʻtgan sosialist ayollar konferensiyasida germaniyalik Klara Setkin ayollar uchun biror kunni belgilash tashabbusi bilan chiqadi va bu qoʻllab-quvvatlanadi. Ammo ma’lum bir sana tanlanmaydi.
Ayollar kunini belgilash birinchi marta 1911-yilning 19-martiga toʻgʻri keladi. Shu kuni Avstriya, Daniya, Germaniya va Shveysariyada millionlab ayollar namoyishga chiqadi. Oʻsha yillarda ayollar kuni ishchilar va faollarining harakatlariga bogʻliq boʻlgan. 1914-yil 8-mart sanasida Berlinda ayollar saylov huquqi uchun namoyishga yigʻildi. Mazkur namoyish ushbu sanada yuz bergan ilk haqiqiy miting edi.
70 yillarning boshlarida Gʻarbdagi ayollar ushbu sanadan oʻz haq-huquqlarini talab qilishda foydalanishga qaror qildi. Ular ijtimoiy-siyosiy tenglikni talab qilib namoyishlar uyushtirishni boshladilar. 1977-yilda BMT boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 8-martni Xalqaro xotin-qizlar kuni (International women’s day) deb e’lon qildi[2].
Nishonlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xalqaro xotin-qizlar kuni quyidagi mamlakatlarda rasmiy bayramdir: Afgʻoniston,[3] Angola, Armeniya,[4] Ozarbayjon,[5] Belarus,[6] Burkina Faso,[7] Kambodja,[8] Xitoy (ayollar uchun xolos),[9] Kuba,[10] Gruziya,[11] Gvineya,[3] Eritreya,[3] Qozogʻiston,[12] Qirgʻiziston,[13] Laos,[14] Makedoniya (ayollar uchun xolos), Madagaskar (ayollar uchun xolos),[15] Moldova,[16] Mongolia,[17] Montenegro, [manba kerak] Nepal (ayollar uchun xolos),[3] Rossiya,[3] Tojikiston,[3] Turkmaniston,[3] Uganda,[3] Ukraina,[3] Oʻzbekiston,[18] Vietnam,[19] va Zambia.[20]
Baʼzi mamlakatlarda bu kun rasmiy bayram emas, lekin shunday boʻlsa ham keng nishonlanadi. Bu mamlakatlarga Kamerun,[21] Xorvatiya,[22] Ruminiya,[23] Bosniya va Gersegovina,[24] Serbiya,[manba kerak] Bolgariya[manba kerak] va Chili[25] kiradi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „UN WomenWatch: International Women's Day - History“. UN.org. Qaraldi: 21-fevral 2013-yil.
- ↑ „Халқаро хотин-қизлар куни. Ушбу кун ҳақида нималарни биламиз?“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021йил 9 март.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 3,7 3,8 „IRIN Asia | AFGHANISTAN: Marking International Women's Day | Afghanistan | Gender Issues“. Irinnews.org (8-mart 2005-yil). Qaraldi: 8-mart 2012-yil.
- ↑ „Armenian Holidays - ARMENIA Information“. Armeniainfo.am (5-iyul 1995-yil). 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2012-yil.
- ↑ arxiv nusxasi, 2008-09-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-01
- ↑ (Ruscha) Presidentʼs decree on public holidays in Belarus — 1998 at Archive-It saytida arxivlandi (2017-07-05)
- ↑ [1][sayt ishlamaydi]
- ↑ „2007 Cambodia Public Holiday - Cambodia e-Visa Blog“. Cambodiaevisa.com (4-avgust 2007-yil). 25-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2012-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2012-04-25).
- ↑ arxiv nusxasi, 2014-09-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-01
- ↑ „Ministerio de Relaciones Exteriores de Cuba“. Cubaminrex.cu (8-mart 2011-yil). 16-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2012-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2012-03-16).
- ↑ „დღესასწაულები“. Embassy.mfa.gov.ge. 6-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2012-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2012-03-06).
- ↑ „Official holidays in the Republic of Kazakhstan“. E.gov.kz. Qaraldi: 8-mart 2012-yil.
- ↑ „Kyrgyz and American Holidays (In Russian)“. U.S. Embassy Bishkek. 9-may 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-mart 2012-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2012-05-09).
- ↑ arxiv nusxasi, 2008-08-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-01
- ↑ „Madagascar 2009 Public Holidays“. Qppstudio.net. 19-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2012-yil.
- ↑ Andoza:Ro icon Article 111 (1c) of the work codex of Moldova, PDF, page 53 UK Government Web Archive saytida arxivlandi (2011-06-12) „Article 111. Non-working holidays. (1) in Moldova, non-working holidays, maintaining the average salary, are: (…) c) March 8 — International Womenʼs Day; (…)“.
- ↑ „Mongolia Web News“. Mongolia-web.com. 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2012-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2015-04-02).
- ↑ „National Holidays (In Russian)“. Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan. 13-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-mart 2012-yil. Archive.is saytida arxivlandi (2012-07-13)
- ↑ „Hanoi streets jammed on Int’l Day for Women | Vietnam News & Information Portal“. En.www.info.vn (9-mart 2011-yil). 12-mart 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2012-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2011-03-12).
- ↑ „Zambia 2009 Public Holidays“. Qppstudio.net. Qaraldi: 8-mart 2012-yil.
- ↑ „QPPstudio.net“. QPPstudio.net. Qaraldi: 8-mart 2012-yil.
- ↑ Andoza:Hr icon Zakon o blagdanima, spomendanima i neradnim danima u Republici Hrvatskoj
- ↑ „Ziua Internațională a Femeii. De 8 martie Google posteaza un desen pentru acest eveniment“. Agentia.org (24-noyabr 2010-yil). 11-mart 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2012-yil.
- ↑ „Žene su heroji ovog društva (in Bosnian)“. Oslobodjenje (8-mart 2012-yil). 18-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2012-yil.
- ↑ „Días Nacionales en Chile (in Spanish)“. Farah.cl. Qaraldi: 8-mart 2012-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
Wikimedia Commonsda RIA yangiliklari: Xalqaro xotin-qizlar kuni mavzusiga oid fayllar bor. |
- Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan sayt (ingl.)
- Xalqaro xotin-qizlar kuni haqida Katta enskilpedik lugʻatdagi maqola Archive.is saytida arxivlandi (2012-07-20) (rus.)
- Oʻzbekistonda xalqaro xotin-qizlar kuni (ingl.)