Xalqaro nogironlar kuni
Xalqaro nogironlar kuni (BMTning boshqa rasmiy tillarida: ingliz: International Day of Disabled Persons, arab: اليوم الدولي للأشخاص ذوي الإعاقة, isp: Día Internacional de las Personas con Discapacidad, xit: 世界残疾人日, fr: Journée internationale des personnes handicapées) – har yili 3-dekabrda nishonlanib kelinadi. BMT Bosh Assambleyasining 1992-yil 47-sessiyasida (A/RES/47/3 rezolyutsiyasi) tashkil etilgan. Bosh Assambleya barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlarni ushbu kunni nishonlashda hamkorlik qilishga chaqiradi.
Keyinchalik, xuddi shu sessiyada (A/RES/47/88-sonli rezolyutsiyada) Bosh Assambleya BMTga a’zo davlatlarda nogironlarni jamiyatga integratsiya qilish maqsadida Xalqaro nogironlar kunini nishonlash tadbirlarini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan.
Xalqaro nogironlar kuni mavzulari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1998-yil – ,,San’at, madaniyat va mustaqil hayot tarsi”;
- 1999-yil – ,,Yangi ming yillikda barcha uchun imkoniyatlar”;
- 2000-yil – ,,Axborot texnologiyalarini yaratish, barchaga yangi ish o‘rinlarini yaratadi”;
- 2001-yil – ,,To‘liq ishtirok etish va tenglik: taraqqiyotni o‘lchash va natijalarni baholash uchun yangi yondashuvlarga talab”;
- 2002-yil – ,,Mustaqil hayot va barqaror daromad”;
- 2003-yil – ,,Bizning o‘z ovozimiz”;
- 2004-yil – ,,Biz”siz biz bo‘lmaymiz”;
- 2005-yil – ,,Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari: rivojlanish jarayonidagi faoliyat”;
- 2006-yil – ,,Elektron ommaviy axborot vositalariga kirish”;
- 2007-yil – ,,Nogironligi bo‘lgan insonlar uchun munosib ish’;
- 2008-yil – ,,Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya: barchamiz uchun qadr-qimmat va adolat”;
- 2009-yil – ,,Mingyillik rivojlanish maqsadlarini barchamizning maqsadimizga aylantirish: nogironlar va ular yashayotgan jamiyat imkoniyatlarini kengaytirish”;
- 2014-yil – ,,Barqaror rivojlanish: texnologiya salohiyati”;
- 2015-yil – ,,Inklyuzivlikning ahamiyati: har qanday qobiliyatga ega bo‘lgan odamlar uchun qulaylik va imkoniyatlar”;
- 2017-yil – ,, Barqaror jamiyat va butun insoniyat uchun o‘zgarish”;
- 2018-yil – ,,Nogironligi boʻlgan shaxslarning imkoniyatlarini kengaytirish hamda inklyuzivlik va tenglikni taʼminlash”;
- 2019-yil – ,,Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash – 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish kun tartibini amalga oshirish”;
- 2020-yil – ,,Nogironlar ehtiyojlarini qamrab oluvchi inklyuziv va barqaror pospandemiya dunyosi sari’;
- 2021-yil – ,,Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash – 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish kun tartibini amalga oshirish”.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- BMT va nogironlar
- Kutubxona veb-saytida nogironlar kuni. Hammersheld
- BMT Bosh kotibining 2002 yildagi xabari
- BMT Bosh kotibining 2003 yildagi xabari
- BMT Bosh kotibining 2004 yildagi xabari
- BMT Bosh kotibining 2005 yildagi xabari
- BMT Bosh kotibining 2006 yildagi xabari
- 2007 yilda Xalqaro nogironlar kuni
- 2008 yilda Xalqaro nogironlar kuni
- 2009 yilda Xalqaro nogironlar kuni