Xalqaro kibersport federasiyasi
Turi | Sport federatsiyasi |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 2008-yil |
Joylashuvi |
![]() |
Vebsayti | iesf.org |
Xalqaro kibersport federatsiyasi (inglizcha: International Esports Federation, IESF) Janubiy Koreyada vujudga kelgan xalqaro sport tashkiloti bo‘lib, uning maqsadi kibersportni qonuniy sport turiga aylantirishdir. Aksariyat mamlakatlarning milliy kibersport tashkilotlarini birlashtiradi. Mazkur federasiya 2008 yilda tashkil etilgan[1]. Uning Bosh qarorgohi Koreya Respublikasi sanaladi.
Ishtirokchi mamlakatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil holatiga koʻra, IYeSF 128 ta milliy sport tashkilotini oʻz ichiga oladi[2].
Amerika | Osiyo | Yevropa | Okeaniya |
---|---|---|---|
|
|
|
Musobaqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
"IeSF Challenge" IeSF deb nomlangan ilk musobaqasi 2009-yilda o‘tkazilgan. 2010-yilda „IeSF Grand Final“ deb nomlangan ikkinchi turnir bo‘lib o‘tdi. 2011-yildan boshlab World Cyber Games bilan bir qatorda ko‘p tarmoqli kibersporti bo‘yicha jahon chempionati maqomini olgan musobaqalar „IeSF World Championship“[3] deb nomlandi. 2014 yildan buyon musobaqa „ Esports World Championship“[4] deb nomlanadi.
Faoliyat va hamkorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xalqaro Esport federatsiyasi jahon miqyosida, shu jumladan Xalqaro olimpiya qoʻmitasi tomonidan eʼtirof etilishi tarafdori[5]. 2014-yildan beri TAFISA aʼzosi. GAISFga aʼzo boʻlish uchun ariza topshirildi.
2013-yil may oyida IESF Butunjahon antidoping kodeksining „imzolovchisi“ga aylandi[6]. Esport musobaqalarida birinchi doping testlari 2013-yilgi jahon chempionatida (Buxarest, Ruminiya)[7] olindi.
Rossiya vakili[tahrir | manbasini tahrirlash]
2010-yil 31-oktabrdan boshlab Rossiya e-sporti Xalqaro kibersport federatsiyasida Rossiya e-sport federatsiyasi tomonidan taqdim etilgan[2]. Konstantin Surkont, Rossiya FCC hammuassisi[8], IESF boshqaruv kengashi aʼzosi[9].
O‘zbekistondagi kibersport[tahrir | manbasini tahrirlash]
O‘zbekiston kibersport assosiasiyasi 2017-yilda tashkil etilgan. U Rossiya kompyuter sporti federasiyasi, Asian E-Sport Federation va boshqalar bilan yaxshigina hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha rasmiy chempionatlar har yili O‘zbekiston terma jamoasi ishtirokida E-Sport IeSF xalqaro federasiyasiga a’zolik ko‘magida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston kibersport assosiasiyasiga Doniyor Jo‘rayev rahbarlik qiladi. U avvalroq O‘zbekistonning ARCRED rasmiy kibersport tashkilotiga rahbarlik qilgan. ARCRED jamoalari O‘zbekistonning ko‘p karra chempioni hisoblanadi.
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „IeSF (International e-Sports Federation)“ (ru). www.facebook.com. Qaraldi: 13-sentyabr 2017-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „Members | International Esports Federation“ (английский). www.iesf.org. 16-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ „IeSF“ (en). Liquipedia StarCraft 2 Wiki. Qaraldi: 13-sentyabr 2017-yil.
- ↑ „Esports World Championship 2017 пройдет в Южной Корее :: Новости :: CyberSport.ru“ (ru). Qaraldi: 13-sentyabr 2017-yil.
- ↑ „Киберспорт может выйти на олимпийский уровень“ (ru). 3DNews - Daily Digital Digest. Qaraldi: 13-sentyabr 2017-yil.
- ↑ „Code Signatories“ (en). World Anti-Doping Agency. 25-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-sentyabr 2017-yil.
- ↑ „Romania loading key position in global gaming league“ (en). Business Review (11-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 13-sentyabr 2017-yil.
- ↑ „История Киберспорта Российского. «От миллениума до признания» :: Новости :: CyberSport.ru“ (ru). Qaraldi: 13-sentyabr 2017-yil.
- ↑ „Презентация Киберспортивной и компьютерной ассоциации Узбекистана прошла в Ташкенте“ (ru). Qaraldi: 13-sentyabr 2017-yil.