Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro havo huquqi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xalqaro havo huquqi — xalqaro huquq subyektlari oʻrtasida havo boʻshligʻidan foydalanish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soluvchi va uning huquqiy rejimini belgilab beruvchi maxsus prinsiplar, norma va institutlar majmuini oʻzida mujassam etgan, xalqaro huquqning nisbatan yangi tarmogʻi hisoblanadi. U davlat hududi tarkibidagi havo kengliklarida rejim qanday boʻlishi kerakligi masalasida davlatlarning pozitsiyasi (havo kemalari parvozi uchun erkiniik yoki davlat suvereniteti ostida)ni uzil-kesil aniqlashda muhim rol oʻynadi.

Asosiy prinsiplari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro havo huquqi ikkita asosiy prinsipga, yaʼni umumiy xalqaro huquqning asosiy prinsiplari va maxsus prinsiplarga boʻlinadi.

Xalqaro havo huquqining maxsus prinsiplariga quyidagilar kiradi:

  • Davlatning oʻz hududi doirasidagi havo boʻshligʻiga nisbatan suvereniteti prinsipi;
  • Davlat hududiga kirmaydigan havo boʻshligʻidagi parvozlar erkinligi prinsipi;
  • Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligi prinsipi.

Asosiy manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro havo huquqining asosiy manbalari:

  1. 1944-yildagi Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Chikago konvensiyasi [1];
  2. Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga oid bir qator bitimlar;
  3. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining aktlari. Mazkur tashkilotga dunyoning deyarli barcha davlatlari aʼzo hisoblanadi. Koʻplab hujjatlar, standartlar, „xalqaro aviatsiya reglamentlari“ ushbu tashkilot faoliyat jarayonining ishlanmalar kiradi[2].

Mustasno holatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, amalda maʼlum bir hududni kesib oʻtish uchun quyidagi holatlarda ruxsat berish mumkin:

  • muntazam xalqaro parvozlar — ikki yoki undan ortiq davlatlarning kelishuvi asosidagi, belgilangan havo yoʻllarida doimiy amalga oshiriladigan aviatashkilotlar havo kcmalarining parvozlari;
  • nomuntazam xalqaro parvozlar — davlatlar havo kemalari
  • tomonidan am alga oshiriladigan doimiy bomagan parvozlar;
  • tranzit xalqaro parvozlar — xorijiy davlat hududini kesib oʻtuvchi, unga qoʻnadigan yoki qoʻnm aydigan havo kem alarining parvozlari[3].

Xalqaro huquqda bir davlat hududida kesib oʻtish uchun ushbu davlatning roziligisiz imkonsiz va bu xalqaro huquq normalarini bevosita buzilishi hisoblanib Xalqaro sud darajasigacha yoki Xavfsizlik kengashi darajasigacha koʻtarilishi mumkin.

  1. „Chicago convention“. ICAO. Uniting Aviation. 2019-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-dekabr 2022-yil.
  2. Xalqaro huquq, TDYU nashriyoti, Toshkent: TDYU jamoasi, 2018 450-bet. 
  3. Saidov, Akmal. Xalqaro huquq. Toshkent: IIV Akademiyasi, 2012 278-bet.