Xalqaro frankofoniya kuni

Xalqaro frankofoniya kuni (fr. Journée internationale de la Francophonie) — "Frankofoniya" jahon fransuz tili mamlakatlari hamkorligi xalqaro tashkiloti ta’sis etilgan kunni nishonlash sanasini bildiradi. 20-mart kuni tashkilot a’zolari tomonidan bayram qilinadi. Bu sana 220 million fransuz tilida so‘zlashuvchilarga bag‘ishlangan bo‘lib, ulardan 75 millioni fransuz tilini ona tili sifatida qadrlaydi.
1970-yil 20-martda Niame shahrida fransuz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarning birinchi davlatlararo tashkiloti — Madaniy va texnik hamkorlik agentligi (MTHA)ni[1] tashkil etish to‘g‘risida shartnoma imzolanadi. Maqsad — fransuz tilining barcha muxlislarini birlashtirish, fransuz madaniyatini, shuningdek, fransuz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlar madaniyatini tarqatish va ommalashtirishga ko‘maklashishdir. 1998-yilda esa fransuz tili tashkiloti — hukumatlararo Frankofoniya agentligi tashkil etilishi bilan bu sana “Frankofoniya” tashkilotiga a’zo 84 davlat uchun ularni birlashtiruvchi madaniy omil – fransuz tilini nishonlash usuli sifatida bayram deb e’lon qilindi.
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Chronologie : genèse et développement de la Francophonie - La Francophonie - Dossiers - La Documentation française“. 10-may 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-aprel 2017-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Rasmiy veb-sayt Wayback Machine saytida arxivlandi (2001-03-30).(Fransuzcha) )