Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Bolalar kuniga bagʻishlangan sovet pochta markasi. 1958-yil.

Xalqaro bolalarni himoya qilishi kuni bolalarni parvarishlash va ularning huquqlarini himoyalashga bagʻishlangan bayramdir. MDH va boshqa sobiq sotsialistik mamlakatlarda 1-iyun, BMT tavsiyasi bilan esa 20-noyabrda[1] nishonlanadi.

Bayram kuni bolalarga bagʻishlab konsertlar, oqshomlar oʻtkaziladi. Baʼzi istirohat bogʻlari (masalan, Toshkentlend) bolalar uchun bepul attraksionlar ochadi. TVda bolalar uchun film, tomoshalar namoyish etiladi..[2][3][4]

Tarixi[tahrir]

1-iyunda Bolalar kunini nishonlash taklifi 1925-yili Jeneva, Shveysariyadagi konferensiyada oʻrtaga tashlangandi. Nega aynan shu sana tanlangani haqida ikki faraz bor: birinchisiga koʻra, oʻsha yilgi xitoylik yetim bolalar uchun uyushtirilgan Duanvu festivali 1-iyunga toʻgʻri kelib qolgan; boshqa faraz esa soddaroq — konferensiya shu kuni oʻtayotgan edi.

20-noyabrdagi Bolalar kuni esa BMT tomonidan 1954-yili chiqarilgan qaror bilan mustahkamlangan.

Manbalar[tahrir]

  1. Universal Children's Day
  2. „International Children's Day Flag“. Crwflags.com. Qaraldi: 16-Avgust 2009-yil.
  3. „June 1 International Children's Day“. Diyifanwen.com. Qaraldi: 16-Avgust 2009-yil.
  4. „1 June - International Children's Day“. Qatar Living (23-Aprel 1920-yil). Qaraldi: 16-Avgust 2009-yil.

Havolalar[tahrir]