Xalqaro biznes maktab

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

'Xalqaro Biznes Maktab - Pekin Xorijiy Bilimlar Universiteti qoshidagi Xalqaro Biznes Maktabi 2001 – yilda asos topgan. G’arbiy kampusda joylashgan bo’lib, Xalqaro Biznes Maktabi Pekin Xorijiy Bilimlar Universitetining o’qitish miqyosidagi eng katta maktabi hisoblanadi. PXBU qoshidagi XBM menedjment va iqtisodiyot yo’nalishlari bo’yicha bakalavr, xalqaro biznes magistranti kabi turli xil o’quv dasturlarini taklif qiladi va shu jumlada darajasiz o’qitish dasturlari ham bor. 2017 – yilga kelib, XBM talabalarining soni 2000 ga yetdi va ulardan 400 nafari 60 xil davlatlardan kelgan xalqaro talabalrdir.

Oʻquv dasturlar:

Bakalavr: Xalqaro Biznes, Xalqaro Moliya, Xalqarol Marketing, Xitoy Biznes Bilimlari, Xalqaro Iqtisodiyot va Savdo

Magistratura: Xalqaro Biznes, Moliya

Qisqa muddatli taʼlim: Xitoy Biznes Bilimlarining sertifikati, Xalqaro Asos

XBM Tadbirlari

2017 — yil may oyida, XBM Ipak Yo;lidagi Biznes Maktablari birlashmasini tashkil qildi 2015 — yil sentabr oyida, doktorantura darajasi uchun ikkinchi tartibli yangi yoʻnalish ochildi — „Xalqaro tijorat va mahalliy boshqaruv“ 2015 — yil iyun oyida, XBM Ispaniyaning Barselona universiteti bilan va Fransiyaning Yevropa Menedjmenti maktabi bilan aloqalar oʻrnatdi. 2015 — yil aprel oyida, XBM innovatisya va tadbirkorlik markazini tashkil qildi 2013 — yilda, XBM Tijorat Vazirligi bilan kelishuvga qoʻl qoʻydi. Kelishuvning maqsadi — Xitoy va butun dunyo orasidagi iqtisodiy va sarmoya almashtirishni rivojlantirish va chet eldagi sarmoyalarning nazorat qilish yoʻllarini kuchaytirish. 2012 — yilda, XBM Malaya Universiteti, Malayziya Janubiy Kolledji, Myunix Biznes Maktabi, Dortmund Xalqaro Menedjment Instituti kabi koʻplab xorijiy institutlar va universitetlar bilan kelishuvlar bitdi. 2012 — yilda, XBM ning G20 nomli tadqiqot markazi Moliya Vazirligining xalqaro boʻlim tomonidan 3 ketma-ket yil uchun 1 million pul miqdori bilan taʼminlandi. 2012 — yilda, PXBU ning milllatlararo iqtisodiy menedjment oʻqitish markazi, Taʼlim Vazirligi tomonidan milliy tajriba oʻtkazish oʻquv markazi deb baxo berildi. 2010 — yilda, XBM Chikagodagi Illinois Universiteti, Virginia Universiteti, San-Fransisko Universiteti, Britaniyadagi Lankaster Universiteti, Avstraliyadagi Edit Kovan Universiteti, Vyetnam Milliy Universiteti, Vyetnam Iqtisodiyot va savdo Universiteti, Tailanddagi Khon Kaen Universiteti, Janubiy Afrikadagi Shimol-Gʻarb Universiteti, Rossiyadagi Plexanov Iqtisodiyot Universiteti bilan doʻstona aloqalar oʻrnatdi.