Xalqaro basketbol federasiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xalqaro basketbol federasiyasi
Turi Xalqaro sport federasiyasi
Ishga tushgan sanasi 1932-yil
Joylashuvi ShveysariyaJeneva
Prezident Mali Xamane Nyang
Aʼzolari 213 ta milliy federasiyalar
Vebsayti www.fiba.basketball
Til(lar)i Ingliz, fransuz, rus, ispan

Xalqaro basketbol federasiyasi(fransuzcha: Fédération Internationale de Basketball, qisqartma. FIBA) — barcha milliy basketbol federasiyalarini birlashtirgan va jahon basketbolini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilovchi tashkilot. FIBA egidligida basketbol boʻyicha jahon chempionati va boshqa xalqaro musobaqalar oʻtkaziladi. FIBAning shtab-kvartirasi Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan.

Dastlabki, qisqartmasi Xalqaro havaskor basketbol federasiyasi (Fédération Internationale de Basketball Amateur) nom olgan edi. 1989-yilda “Amateur” soʻzi olib tashlandi (professional basketbolchilarning xalqaro musobaqalarga rasman qabul qilinishi munosabati bilan), biroq bu nom qisqartirilmadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashkilot 1932-yil 18-iyunda Shveysariyaning Jenevada boʻlib oʻtgan milliy basketbol assosiasiyalarining birinchi xalqaro konferensiyasida tashkil etilgan. Milliy basketbol qoʻmitalari yigʻilishida Xalqaro basketbol assosiasiyalari federasiyasini (FIBA) tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi, FIBA tashkil etilishida sakkiz davlatning milliy basketbol qoʻmitalari boʻlgan, ular: Argentina, Chexoslovakiya, Gresiya, Italiya, Latviya, Portugaliya, Ruminiya va Shveysariya. 1989-yilda Germaniyaning Myunxen shahrida boʻlib oʻtgan FIBA kongressida professional basketbolchilarning FIBA egidi ostidagi barcha musobaqalarda, shu jumladan Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishi toʻgʻrisida tarixiy qaror qabul qilindi.

FIBA homiyligidagi musobaqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1950-yildan boshlab erkaklar, 1953-yildan esa ayollar oʻrtasida basketbol boʻyicha jahon chempionati oʻtkazila boshlandi. Bugungi kunda ikkala turnir ham bir-biridan mustaqil ravishda, har toʻrt yilda bir marta, ikki yillik interval bilan Olimpiya basketbol turniri bilan almashinib oʻtkaziladi. Bundan tashqari, FIBA egidligida oʻsmirlar (19 yoshgacha) va yoshlar (21 yoshgacha) erkaklar va ayollar jamoalari oʻrtasida jahon chempionatlari oʻtkaziladi. FIBA, shuningdek, barcha besh qit’ada boʻlib oʻtadigan barcha qit’a chempionatlarini, ulardan tashqari, Afrika, Amerika va Evropada oʻtkaziladigan oʻsmirlar (18 yoshgacha) va yoshlar (20 yoshgacha) qit’a chempionatlarini ham nazorat qiladi.

1936-yildan buyon basketbol turniri Yozgi Olimpiya oʻyinlari dasturining oʻzgarmas qismi boʻlib kelgan; Olimpiya oʻyinlariga mezbon mamlakat XOQ va FIBA ushbu turnirni tashkil etishda teng ravishda ishtirok etadi.

1972-yildan 2002-yilgacha uning homiyligida Ronketti kubogi turniri oʻtkazildi. 2003-yilda u ayollar Yevrokubogiga (FIBA EuroCup Women) oʻzgartirildi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]