Xalil mardambek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xalil mardambek (MARDAMBEY) (1895 — Damashq — 1959.21.7) — arab shoiri, adabiyotshunos, davlat arbobi (Suriya). London universitetini tugatgan (1929). Damashkdagi Arab FA aʼzosi (1925) va prezidenti (1953—59), Qoxiradagi Arab tili akademiyasi aʼzosi (1948 yildan), Iroq FA aʼzosi (1949 yildan), Suriya hukumatida Maorif (1948) va Tashki ishlar (1953) vaziri. X.M. Suriya adabiyotshunosligi rivojiga katta xissa qoʻshgan, Damashkda "ArRobita valadabiiya" ("Adabiy aloqalar") adabiy jamiyati (1921) va shu nomdagi adabiy jur. (1929), shuningdek, "AsSaqofa" ("Madaniyat") adabiy jur. asoschilaridan. "Suriya shoirlari" (1—3-j.lar, 1954), "Arab adabiyoti tarixi" (1—5j.lar, 1955) monografiyalarining muallifi. Oʻrta asr arab shoirlari Ibn Xayyus, Ibn Unayn, Ali ibn alJaxma asSomiy va boshqalarning devonlarini izohlar bilan nashr ettirgan. X.M.ning arablar birligiga daʼvat etuvchi sheʼrlari va sheʼriy dramalarida millatparvarlik ohanglari kuchli. Sheʼrlar devoni shoirning vafotidan soʻng nashr etilgan.