Askomitsetsimonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xal tachali zamburug'lardan yoʻnaltirildi)

Askomitsetsimonlar, xal tachali zamburugʻlar (Ascomycetes) – maxsus xaltachalarda rivojlanib yeti-ladigan sporalar orqali koʻpa-yuvchi zamburugʻlar sinfi. 42000 dan ortiq turi bor. Ba’zi turlari jinssiz yoʻl bilan turli konidial sporalar hosil qiladi. Zamburugʻ mitseliysi bir yadro (gaplofa-za) hujayrali va xaltacha hosil qiluvchi qoʻsh yadro (diplofaza) hujayrali giflardan iborat. A.ning eng sodda tuzil-gan vakillarida xaltacha bevosita zigo-taaan yetiladi; bunda giflarning ikki hujayrasi va hujayra yadrolari oʻzaro qoʻshilib, zigota hosil qiladi, zigota esa oʻz navbatida xaltachaga aylanadi. Ayni vaqtda kopulyatsiya tufayli yuzaga kelgan zigota yadrosi reduksiya yoʻli bilan ketma-ket boʻlina boradi. Shu tariqa ikki yoki uch boʻlinishdan soʻng toʻrtta yoki sakkiz-ta gaploid yadrolar, ularning yonida esa shu yadrolar soniga teng keladigan asko-sporalar hosil boʻladi. Bunda zigotadan bitta xaltacha yetiladi. Biroq koʻpchilik A.da (ayniqsa tanasidagi xaltachalari toʻda-toʻda boʻlib oʻrnashgan vakillarida) zigotadan bitta emas, bir nechta xaltacha hosil boʻladi. A. asosan tana tuzilishiga va qisman xaltacha shakliga mos holda boʻlinadi. Ular yalangʻoch xaltachalilar, ya’ni tuban A. (Gymnoasci), mevaxalta-chalilar (Carpoasci) va lokuloaskomi-setlar (Loculoasci) deb ataluvchi uchta kenja sinfga hamda bir necha oilalarga boʻlinadi. Keng tarqalgan, koʻpchilik saprofitlar tuproqda, turli orga-nik qoldiqlarda uchraydi, oziq-ovqat mahsulotlarida koʻpayib, ularni buzadi. Lishayniklar tanasida yashaydigan barcha zamburugʻlar A.ga kiradi. Konidiya dav-rida koʻpchilik A. oʻsimlik, hayvonlarda parazitlik qiladi, sellyulozani va har xil sanoat mahsulotlarini yemirib za-rar keltiradi. A. mikrobiologiya sano-atida fermentlar, antibiotiklar va boshqa mahsulotlar olish maqsadida foydala-niladi. Bir qancha turlari (qoʻziqorin, strochok, tryufel va boshqalar)dan oziq-ovqat sifatida foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Askomitsetsimonlar" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil