Kontent qismiga oʻtish

Xadicha Afzal Vaziriy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Xadicha Afzal Vaziriy
خدیجه افضل وزیری
Tavalludi
Xadicha Afzal xonim

1889
Vafoti 3-yanvar 1981-yil(1981-01-03)
(91 yoshda)
Tehron, Eron
Dafn etilgan joyi Behishti Zahro
Fuqaroligi Eron
Kasbi Yozuvchi, oʻqituvchi, ayollar huquqlari faoli
Bolalari 5
Ota-onasi Muso Xon Vaziriy (otasi)
Bibi Xonim Astarobodiy (onasi)
Otasi Musa Khan Vaziri
Onasi Bibi Xonim Astrabodiy
Qarindoshlari Ali Naqiy Vaziriy (akasi)

Xadicha Afzal Vaziriy (forscha: خدیجه افضل وزیری; 1889-yilda tugʻilgan — 1981 -yil 3-yanvarda vafot etgan)[1] — eronlik ayollar huquqlari faoli, jurnalist va pedagog.

Xadicha Afzal xonim 1889-yilda Qojarlar Eronining Tehron shahrida dunyoga kelgan. Uning onasi ayollar huquqlari faoli Bibi Xonim Astarobodiy, otasi esa Musoxon Vaziriy boʻlgan. U oilada besh farzandning eng kichigi edi[2]. Ayrim tarixiy manbalarga koʻra, Bibi Xonim hali oʻz maktabini ochmagan paytida qizining akalari bilan birga oʻqishi uchun uni oʻgʻil bolalar kiyimida maktabga yuborgan[3]. Uning Hasan Alixon Vaziriy[4], Ali Naqiy Vaziriy ismli akalari hamda Mavlud Xonim ismli opasi boʻlgan[5].

Xadicha Afzal 16 yoshga toʻlganida onasi tomonidan asos solingan Doshizegan boshlangʻich maktabida qizlarga dars bera boshlagan[6]. Shu tariqa u Eronda tashkil etilgan ilk qizlar maktabidagi dastlabki oʻqituvchilardan biriga aylangan[3]. Keyinchalik Vaziriy aka-opalari tomonidan asos solingan maktabda ham dars bergan[5].

Xadicha Afzal amakivachchasi Ogʻa Bozorg Mallohga turmushga chiqqan[7]. Ularning Mahlagʻa Malloh, Amir Hushang, Husaynali, Mehrangiz, Xusrav va Taymur ismli farzandlari boʻlgan. Biroq ular orasida Taymur 11 oyligida vafot etgan[7]. Qizi Mahlagʻa ziyorat safari chogʻida karvonsaroyda dunyoga kelgan[8].

Oʻqituvchilikdan tashqari Vaziriy ayollar masalalariga oid gazetalar uchun maqolalar yoza boshlagan[9]. Uning eng eʼtiborga molik maqolalaridan biri „Shafaq-e-Sorx“ gazetasida chop etilgan[9]. Unda Vaziriy nomaʼlum muallif tomonidan eʼlon qilinayotgan ayollarga qarshi hujumlarga javob qaytargan va maqola yakunida shunday yozgan: „Ayollar erkaklar bilan birga oʻqisin va ishlasin, shunda ayollar erkaklardan kam emasligini koʻrasiz“[9]. U butun umri davomida dars bergan va qizlar maktablariga rahbarlik qilgan[10].

1930-yillarda koʻplab ayollar yuzni yopuvchi niqobni taqishni toʻxtata boshlagan boʻlsa-da, chadra kiyish ommabopligicha qolgan edi[11]. Vaziriy Sidiqa Davlatobodiy bilan birga modaga oʻzgartirish kiritishni targʻib qilgan va natijada qoʻllarni erkinroq harakatlantirish imkonini beruvchi liboslar yaratgan[11]. 1930-yilda yozgan ochiq maktubida Vaziriy 7–8 yoshli qizlarni chadra kiyishga majburlanishi, chadra kiyimaganlarning maktabdan chetlatilishi, bu esa ularning taʼlim olish imkoniyatlariga taʼsir qilishini muhokama qilgan[12].

Xadicha Afzal Vaziriy 1980-yilda vafot etgan va Behishti Zahro qabristonining 34-boʻlimiga (183-qator 35-raqam) dafn etilgan[13].

  1. „خدیجه افضلوزیری؛ فعال و پیشگام در حوزه حقوق زنان“ (fa). ایرنا (2021-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 4-mart.
  2. Smith, Bonnie G.. The Oxford Encyclopedia of Women in World History (en). Oxford University Press, 2008 229-bet. ISBN 978-0-19-514890-9. 
  3. 1 2 „خدیجه افضل وزیری؛ نویسنده و پیشگام“. ایران آنلاین. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
  4. „Hassanalikhan Vaziri Website“. hassanalikhanvaziri.com. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
  5. 1 2 The Education of Women and The Vices of Men: Two Qajar Tracts (en). Syracuse University Press, 28 December 2010. ISBN 978-0-8156-5151-2. 
  6. „مدرسه دوشيزگان | DW | 11 August 2006“ (fa-IR). Deutsche Welle. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
  7. 1 2 Women's Worlds in Qajar Iran „Women's Worlds in Qajar Iran“. Women's Worlds in Qajar Iran. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
  8. Tavaana „Mahlagha Mallah: Mother of Iran's Environment“ (en). Tavaana (2015-yil 23-fevral). 2020-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
  9. 1 2 3 „Magiran | روزنامه سرمایه (1386/02/18): زنان پیشگام ایرانی /خدیجه افضل وزیری“. www.magiran.com. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
  10. Rostam-Kolayi, Jasamin (2008). "Origins of Iran's Modern Girls' Schools: From Private/National to Public/State". Journal of Middle East Women's Studies 4 (3): 58–88. doi:10.2979/mew.2008.4.3.58. ISSN 1552-5864. https://www.jstor.org/stable/10.2979/mew.2008.4.3.58.
  11. 1 2 Moghissi, Haideh. Women and Islam: Women's movements in Muslim societies (en). Taylor & Francis, 2005 231-bet. ISBN 978-0-415-32421-2. 
  12. Jakobsen, Janet R.; Pellegrini, Ann. Secularisms (en). Duke University Press, 11 March 2008 47-bet. ISBN 978-0-8223-4149-9. 
  13. Noushin Ahmadi Khorasani: Iranian Womenʼs Equality Calendar (Wayback Machine saytida 29 April 2021 sanasida arxivlangan)