Kontent qismiga oʻtish

Wolfgang Loitzl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Wolfgang Loitzl
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi  Avstriya
Tavallud sanasi 13-yanvar 1980-yil (1980-01-13) (44 yosh)
Bad Ischl, Avstriya
Sport
Qaysi sport (Changʻida sakrash)

 

Volfgang Loitzl (1980-yil 13-yanvarda tugʻilgan) — avstriyalik sobiq changʻi sakrash yoʻnalishdagi sportchidir. Loitzl 2008—2009-yilgi Toʻrt tepalik turniri gʻolibi va 2009-yilgi Oddiy tepalikda Jahon chempioni boʻlgan.

Sportchi XCHF Shimoliy changʻi boʻyicha jahon chempionatida yettita oltin bilan yettita medalni qoʻlga kiritgan (yakkalik oddiy tepalik: 2009-yil, Jamoaviy oddiy tepalik: 2001—2005-yillar; Jamoaviy kotta tepalik: 2005-yil, 2007-yil, 2009-yil va 2013-yillar) va bitta bronza (Jamoabiy katta tepalik: 2001-yil). Volfgang 2004-yilda XCHF changʻi uchish boʻyicha jahon chempionatida umumjamoa hisobida bronza medalini qoʻlga kiritgan va oʻsha chempionatlarda yakkalik musobaqada 15-oʻrinni egallagan[1]. Loitzl 1998-yildan 2003-yilgacha shaxsiy faoliyatida yetti marta gʻalaba qozongan.

Loitzl 2008—2009-yilgi Toʻrt tepalik turnirida gʻolib boʻlgan. Bischofshofendagi turnirning final bahsida u barcha beshta hakamlardan birinchi sakrash uchun maksimal ballni (20) olgan. Changʻidan sakrash tarixida bu koʻrsatkichga faqat Anton Innauer (1976-yil), Kazuyoshi Funaki (1998-yil), Sven Xannavald (2003-yil), Xidexaru Miyahira (2003-yil) va Piter Prevc ( 2015-yil) teng kelgan[2].

2009-yil 21-fevralda Loitzl Liberetsdagi jahon chempionatida avstriyalik Gregor Shlyerenzauer va shveysariyalik Saymon Ammannni ortda qoldirib, oddiy tepalikda yakka tartibdagi bahslarda oltin medalni qoʻlga kiritgan. Keyingi muvaffaqiyat oʻsha yilning 28-fevralida Loitzl avstriyalik kvartet tarkibida jamoaviy yirik tepalik musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritganida amalga oshgan.

Keyingi mavsumda Loitzl 2010-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida katta tepalikdagi jamoaviy musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, 2010-yildagi changʻi uchish boʻyicha jahon chempionatida jamoaviy musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Uning oʻgʻli Benjamin 2005-yil 12-yanvarda, ikkinchi farzandi Nikolas 2007-yil 10-fevralda tugʻilgan. Wolfgang 2006-yil 11-iyunda Marika bilan turmush qurgan.

Olimpiya oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tadbir Oddiy tepalik Katta tepalik Jamoaviy
Vakillik qilgan mamlakatAvstriya bayrogʻi Avstriya
Qoʻshma Shtatlar 2002-yil Solt-Leyk Siti 4
Kanada 2010-yil Vankuver 11 10 Oltin

Jahon chempionatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tadbir Oddiy tepalik Katta tepalik Oddiy Hill jamoasi Katta Hill jamoasi
Vakillik qilgan mamlakatAvstriya bayrogʻi Avstriya
Finlandiya 2001-yil Lahti 13 15 Oltin Bronza
Germaniya 2005-yil Oberstdorf 6 7 Oltin Oltin
Yaponiya 2007-yil Sapporo 12 Yoʻq Oltin
Chexiya 2009-yil Liberec Oltin 6 Yoʻq Oltin
Norvegiya 2011-yil Oslo 37
Italiya 2013-yil Val di Fiemme 17 4 Oltin

Changʻida uchish boʻyicha jahon chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tadbir Yakkalik Jamoaviy
Vakillik qilgan mamlakatAvstriya bayrogʻi Avstriya
Norvegiya2000-yil Vikersund 17 Yoʻq
Sloveniya2004-yil Planika 15 Bronza
Sloveniya2010-yil Planika 6 Oltin
  1. Anna Karczewska. „Historyczne zwycięstwo Polaków w Klingenthal!“. pzn.pl (3-dekabr 2016-yil). 15-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-yanvar 2018-yil.
  2. „Stoch-Sturz: FIS räumt Fehler ein“. sport1.de (5-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 20-yanvar 2018-yil.