Kontent qismiga oʻtish

Wojciech Szczęsny

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Wojciech Szczęsny
Yuventus klubi safida 2018-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Wojciech Tomasz Szczęsny[1]
Tavallud sanasi 1990-yil 18-aprel (1990-04-18) (36 yosh)[2]
Tavallud joyi Varshava, Polsha
Boʻyi 1.95 m (6 ft 5 in)[3]
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Barcelona
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2005 Agrykola Warsaw
2005—2006 Legia Warsaw
2006—2009 Arsenal
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2017 Arsenal 132 (0)
2009—2010Brentford (ijara) 28 (0)
2015—2017Roma (ijara) 72 (0)
2017—2024 Juventus 200 (0)
2024— Barcelona 0 (0)
Milliy terma jamoa
2007–2010 Polsha U20 4 (0)
2009–2012 Polsha U21 7 (0)
2009–2024 Polsha 84 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Wojciech Tomasz Szczęsny (talaffuzi: Voysex Tomash Shchesni; 1990-yil 18-aprelda tugʻilgan) – polshalik professional futbolchi, La Liganing “Barselona” klubida darvozabon sifatida oʻynaydi.

Wojciech klubdagi faoliyatini Varshavaning „Legiya“ jamoasida boshlagan. Szczęsny 2006-yilning yanvarida „Arsenal“ bilan shartnoma imzolagan. Uch yil davomida klubning yoshlar va oʻrinbosarlar jamoasida oʻynagan. 2009-yilda „Lonon“ jamoasi tarkibida professional debyutini oʻtkazgan. Keyingi mavsumda „Brentford“ klubida ijara asosida oʻynagan. 2011-yilgi mavsum oldidan Arsenal jamoasi tarkibiga qaytgan va keyinchalik ikki marta Angliya kubogida gʻalaba qozonib, poytaxt klubining asosiy darvozaboniga aylangan. 2013/2014-yilgi mavsum yuqori darjada oʻtkazgan holda jamoasi blan Angliya kubogida gʻolib boʻlgan va mavsum yakunida Petr Čech bilan birgalikda Premyer-liganing „Oltin qoʻlqop“ sohibi boʻlgan. Wojciech 2015-yilda ketma-ket ikki mavsum davomida Italiyaning „Roma“ klubida ijara asosida oʻynagan. 2017-yilda Rim klubi tarkibidagi mazmunli oʻyinlar sababli A seriyasining amaldagi chempioni — „Yuventus“ klubiga oʻtishga sabab boʻlgan. Oʻzining birinchi mavsumida asosan Gianluigi Buffonning zaxira darvozaboni sifatida oʻynagan. Dastlabki mavsumidayoq ichki musoboqalarda Juventus jamoasi bilan „oltin dubl“ni qoʻlga kiritgan. Keyingi mavsumda Buffon ketganidan soʻng, boshlangʻich tarkib futbolchisiga aylandi va ikkinchi marta A Seriya chempionligini qoʻlga kiritgan. Uning samarali oʻyinlari 2019-yilda unga Yashin mukofoti nominatsiyasini ham taqdim etgan[4]. Szczęsny keyingi mavsumda ketma-ket uchinchi liga chempionligini qoʻlga kiritgan. Wojciech 2024-yilda professional futboldan ketishdan oldin A Seriyaning eng yaxshi darvozaboni mukofotini qoʻlga kiritgan.

Xalqaro miqyosda Wojciech 2009—2024-yillar oraligʻida Polsha terma jamoasi safida 84 ta oʻyin oʻtkazgan. Wojciechilk yirik musoboqasi, Polsha va Ukraina mezbonligida oʻtgan UEFA Yevro-2012 turnirida milliy terma jamoa tarkibiga kiritilgan. Keyinchalik Yevropa chempionati turnirning yana uchta nashrida (2016, 2020 va 2024), shuningdek, ikkita FIFA Jahon chempionatida (2018 va 2022) ishtirok etgan.

Shaxsiy hayot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Szczęsny Varshavada tugʻilgan. Wojciech Maciej Szczęsnyning oʻgʻli boʻlib, otasi ham professional darvozabon boʻlgan. Otasi faoliyati davomida Varshavaning „Legiya“, „Vidzev Lodz“, „Poloniya Varshava“ va „Visla Krakov“ klublarida, shuningdek, Polsha terma jamoasida yettita oʻyin oʻtkazgan.

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar[5][6]
Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok[a] Liga kubogi[b] Yevropa Boshqa Jami
DivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
Arsenal 2009–10 Premier League 0000100010
2010–11 Premyer-liga 15020502[izoh 1]0240
2011–12 Premyer-liga 38010009[izoh 1]0480
2012–13 Premyer-liga 25040103[izoh 1]0330
2013–14 Premyer-liga 37000009[izoh 1]0460
2014–15 Premyer-liga 17050006[izoh 1]01[c]0290
Jami 132012070290101810
Brentford (ijara) 2009–10 League One 280000000280
Roma (ijara) 2015–16 Serie A 340008[izoh 1]0420
2016–17 Serie A 380001[izoh 1]0390
Jami 7200090810
Juventus 2017–18 Serie A 170202[izoh 1]000210
2018–19 Serie A 2802010[izoh 1]01[izoh 2]0410
2019–20 Serie A 290007[izoh 1]01[izoh 2]0370
2020–21 Serie A 300007[izoh 1]01[izoh 2]0380
2021–22 Serie A 330007[izoh 1]000400
2022–23 Serie A 2800012[d]0400
2023–24 Serie A 35000350
Jami 200040450302520
Umumiy faoliyat 432016070830405420
  1. FA Cup, Italia kubogini oʻz ichiga oladi
  2. Futbol Ligasi kubogi oʻz ichiga oladi
  3. Appearance in FA Community Shield
  4. Four appearances in UEFA Champions League, eight appearances in UEFA Europa League
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtiroki va gollar[7]
Terma jamoaYilOʻyinlarGollar
Polsha 200910
201000
201160
201250
201340
201460
201520
201640
201740
201880
201960
202030
2021130
202280
202390
202450
Jami840

Arsenal

  • Angliya kubogi: 2013–14[8], 2014–15[9]
  • FA hamjamiyat qalqoni: 2014[10]
  • Futbol Ligasi kubogi sohibi: 2010–11[11]

Yuventus

  • A Seriya: 2017–18, 2018–19, 2019–20[12]
  • Italiya kubogi: 2017–18, 2020–21, 2023–24[13]
  • Italiya Superkubogi: 2018, 2020[14]

Individual

  • Polshada yilning eng yangi futbolchisi: 2011[15]
  • Premyer-liga Oltin qoʻlqop sohibi: 2013/2014[16]
  • Lega A Seriyaning eng yaxshi darvozaboni: 2019–20[17]
  • A Seriyaning mavsum jamoasi aʼzosi: 2022–23[18]
  1. 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 Appearances in UEFA Champions League
  2. 1 2 3 Appearance in Supercoppa Italiana
  1. „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Poland“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Wojciech Szczęsny“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 2020-yil 25-mart.
  3. „Szczesny“. Juventus. 2018-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-yanvar.
  4. Sainz, Manu. „Ballon d'Or 2019: Yachine Trophy: the candidates for the award“. Diario AS (2019-yil 2-dekabr). 2019-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-dekabr.
  5. „Wojciech Szczesny“. ESPN. Qaraldi: 2013-yil 10-sentyabr.
  6. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named "RBSW".
  7. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named "Szczęsny, Wojciech".
  8. McNulty, Phil „Arsenal 3–2 Hull City“. BBC Sport (2014-yil 17-may). Qaraldi: 2020-yil 25-mart.
  9. McNulty, Phil „Arsenal 4–0 Aston Villa“. BBC Sport (2015-yil 30-may). Qaraldi: 2020-yil 25-mart.
  10. Sanghera, Mandeep „Arsenal 3–0 Manchester City“. BBC Sport (2014-yil 10-avgust). Qaraldi: 2020-yil 25-mart.
  11. McNulty, Philip. „Arsenal 1–2 Birmingham“. BBC Sport (2011-yil 27-fevral). Qaraldi: 2024-yil 25-mart.
  12. Wojciech Szczęsny Soccerway saytida. Qaralgan sana: 27 July 2020.
  13. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named "RBSW3".
  14. „LA JUVENTUS VINCE LA COPPA ITALIA FRECCIAROSSA“ [JUVENTUS WINS THE FRECCIAROSSA ITALIAN CUP] (it). Lega Serie A (2024-yil 16-may). 2024-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
  15. „Laureaci“ (pl). pilkanozna.pl. Qaraldi: 2024-yil 21-iyun.
  16. „Wojciech Szczęsny: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2020-yil 25-fevral.
  17. „Ronaldo MVP in Serie A Awards“. Football Italia (2019-yil 18-may). Qaraldi: 2019-yil 27-may.
  18. „EA Sports™ FIFA 23 Serie A Team of the Season“. Serie A (2023-yil 2-iyun). Qaraldi: 2023-yil 2-iyun.