Willy van de Kerkxof
Vilhelmus (Willy) Anthonius van de Kerkxof (niderlandcha: Wilhelmus "Willy" Anthonius van de Kerkhof)—gollandiyalik futbolchi,milliy terma jamoa oʻyinchisi.Ikki marta jahon chempionati finalchisi.1951-yil 16-sentabrda Niderlandiyaning Xelmond shahrida tavallud topgan.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub miqyosida[tahrir | manbasini tahrirlash]
Willy akalari-Jerar va egizak Rene bilan birgalikda oʻz faoliyatini „MULO“ havaskorlar klubida boshlagan. Keyinchalik u „Tvente“ professional klubiga oʻtdi va u yerda 93 ta oʻyin oʻtkazib,14 ta gol urdi.Shuningdek 2 marta Niderlandiya chempionati bronza medaliga erishdi.
1973-yilda egizaklar yana bir vaqtning oʻzida bitta klubga koʻchib oʻtishdi.Ularning navbatdagi klubi „PSV“ boʻldi.Bu yerda u 15 yil xizmat qildi.Shundan dastlabki 10 yil akasi bilan birgalikda 6 ta Niderlandiya chempionati chempionligi va UEFA kubogini qoʻlga kiritdi.1987/88-yilgi mavsumda u jamoa bilan Yevropa Chempionlar kubogini qoʻlga kiritdi va uning yakunida faoliyatini yakunladi.Willy oʻzining toʻpni toʻxtata olish mahorati va ixcham himoyasi uchun „Changyutgich“ laqabini oldi.
Terma jamoa miqyosida[tahrir | manbasini tahrirlash]
Willy va uning egizak akasi Rene 1974-yilda Jahon chempionati finaliga chiqqan Gollandiya terma jamoasining oʻyinchilari boʻlishgan.Shuningdek 1978-yilgi Jahon chempionati finalida oʻynagan jamoada ham muhim rol oʻynagan.Willy terma jamoa safida jami 63 ta oʻyin oʻtkazib 5 ta gol urgan.Pele uni 2004-yil mart oyida tirik boʻlgan eng yaxshi 125 futbolchi qatoriga kiritdi.
Terma jamoa safida jami 63 ta oʻyin 5 ta gol urdi.U qatnashgan oʻyinlarda Niderlandiya terma jamoasi 34 gʻalaba,13 durang,16 magʻlubiyatga erishdi.
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]
Niderlandiya terma jamoasida
- Jahon chempionati kumush medali sovrindori-1974,1978
- Yevropa chempionati bronza medali sovrindori-1976
"Tvente"
- Gollandiya chempionatining bronza medali sovrindori-1972,1973
- Gollandiya chempioni-1975,1976,1978,1986,1987,1988
- Gollandiya chempionatining kumush medali sovrindori-1977,1982,1984,1985
- Gollandiya chempionatining bronza medali sovrindori-1979,1980,1983
- Gollandiya kubogi sohibi-1974,1976,1988
- Yevropa Chempionlar kubogi gʻolibi-1987/88
- UEFA kubogi sohibi-1977/78
Shaxsiy[tahrir | manbasini tahrirlash]
- "Oltin toʻp"ga nomzod-1978
- FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 1.Profil na sayte FIFA.com (angl.)
- 2.Profil igroka na worldfootball.net(olm.)
- 3.Statistika matchey za sbornuyu Niderlandov na sayte voetbalstats.nl
- 4.Statistika na sayte vi.nl