William Sharpe

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
William Forsyth Sharpe (2007)

SHARP (Sharpe) Vilyam (1934) — amerikalik iqtisodchi, Berklidagi Kaliforniya universitetini tugatgan, filosofiya doktori (1961). REND korporatsiyasida iqtisodchi, Vashington universiteti, 1973-yildan Stenford universiteti professor 1980-yilda Amerika moliya uyushmasi (AGʻA) prezidenti boʻlib saylangan. Sh. turli boylik shakllarini okilona uygʻunlashtirish (portfel yondashuvi) nazariyasi asoschilaridan biri. 20-asrning 60y.larida moliya bozorlarida kapital aktivlar narxlarining shakllanishi modelini yaratgan. Asosiy asarlari: "Kapital aktivlar narxi. Xatar sharoitida bozor muvozanati nazariyasi", 1964; "Investitsiya portfeli nazariyasi va kapital bozorlari", 1970; "Investitsiyalar", 1978; "Aktivlarni joylashtirish vositalari", 1985; "Investitsiya kiritish asoslari", 1989. Nobel mukofoti laureati (1990; Harry Markowitz va Merton Miller bilan birga)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]