William Baffin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

William Baffin (1584 – 1622.23.1, Hoʻrmuz) – ingliz Arktika tadqiqotchisi. 1612 – 16 yillarda Shimoli-Gʻarbiy suvyoʻlagini topish maqsadida dengizda suzgan: 1615 yilda Gudzon qoʻltigʻini, 1616 yilda Grenlandiyadan gʻarbdagi dengizni (keyinchalik uning nomiga qoʻyilgan) tadqiq qilgan. Xeys yarim orolni (Grenlandiya), Kanada Arktika arxipelagidagi Elsmir, Devon olarining katta qismini kashf qilgan. B. nomiga Grenlandiya ortidagi dengiz, Kanada shimolidagi orol (Baffin Yeri) qoʻyilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil