WikiFeet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

wikiFeet (WikiFit, inglizcha: WikiFeet)- bu mashhur oyoqlarning fotosuratlarini baham koʻrish uchun moʻljallangan oyoq fetishi foto hosting sayti.

wikiFeet
Tijoratmi Yoʻq
Qaysi tillarda ingliz
Muallifi Eli Ozer
URL wikifeet.com

2016-yilda Vice Media vakili Lauren Oiler: „Internetdagi eng keng eʼlonlar bu ayollar oyoqlarining foto galereyasi“,- deb aytgan[1]. Bular, asosan, mashhur aktyorlar, aktrisalar va boshqa rassomlarning oyoqlari tasvirlari hamda ayrim siyosatchilarning oyoqlari hisoblangan[2][3]. Aynan shu narsa dasturchilarni ushbu saytni ishga tushirishga turtki bergan.

Sayt sobiq isroillik dasturchi va animator Eli Ozer tomonidan yaratilgan boʻlib, hozirda u saytni toʻliq vaqtda boshqaradi[1][4][5]. Ozerning soʻzlariga koʻra, 2017 yil iyul holatida saytga oyiga 3 millionga yaqin foydalanuvchi tashrif buyurgan[6].

Sayt nomida „wiki“ soʻzi mavjud boʻlsa-da, u Vikipediya yoki Wikimedia Foundation bilan bogʻliq emas[5]. Vikipediya — koʻp tilli, erkin, onlayn ensiklopediya. U koʻngillilar jamoasi tomonidan ochiq hamkorlik hamda vikiga tayanuvchi tahrir tizimi asosida yoziladi va yuritiladi. Ushbu loyiha 2001-yil 15-yanvarda mutaxassislarga moʻljallangan Nupediaga toʻldiruvchi sifatida yaratilib, hozirda uni notijorat Wikimedia Foundation tashkiloti boshqaradi.

2018-yil yanvar oyida mashhur erkaklarning oyoqlari surati joylanadigan, saytning rasmiy hamkasbi boʻlgan wikiFeet Men ishga tushirildi[7]. Xuddi shu yili pornografik kontentdagi wikiFeet rasmiy analogi boʻlgan wikiFeet X sayti ishga tushirilgan[8].

2021-yil iyun oyidan boshlab veb-sayt Yevropa Ittifoqidan tashrif buyuruvchilarga yangi „Yevropa Ittifoqining mualliflik huquqi bo‘yicha direktivasi“ tufayli to‘liq o‘lchamdagi rasmlarni ko‘rib chiqishga ruxsat bermaydi.

2022-yil sentabr oyida veb-sayt server bilan bog‘liq muammolarga duch keldi va uzoq vaqt davomida oflayn bo‘lgan. Shundan soʻng, foydalanuvchilar ichida sayt yopilgan degan mish-mishlar tarqalgan. Baʼzilar sayt huquqiy muammolarga duch kelganini aytishgan edi, lekin bu isbotlanmagan va bir qancha vaqtdan soʻng sayt faoliyati yana davom ettirilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Something's Afoot: The War Inside the World's Largest Celebrity Feet Forum“ (en). www.vice.com. 2021-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
  2. „Foot Fetishists Are Freaking Out Over Hillary Clinton's Feet“ (en). www.vice.com. 2021-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
  3. Guardian Staff. „wikiFeet: how online foot fetishists debunked Alexandria Ocasio-Cortez’s fake nude“ (en). the Guardian (2019-yil 9-yanvar). 2021-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
  4. Ariel Bogle. „The utter weirdness of finding your feet on a foot fetish website“ (en). Mashable (2016-yil 29-fevral). 2021-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
  5. 5,0 5,1 „WikiFeet.com: A Wik-ed website for celebrity foot fetishists“ (en). www.standard.co.uk (2013-yil 17-yanvar). 2021-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
  6. „The Israeli behind the internet's largest foot fetish website“ (en). Haaretz.com. 2021-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
  7. „wikiFeet Men“. men.wikifeet.com. 2021-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
  8. „wikiFeet X“. www.wikifeetx.com. 2021-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.