Whitney Houston
Whitney Houston | |
---|---|
![]() | |
Umumiy maʼlumot | |
Tugʻilgan paytidagi ismi | Whitney Elizabeth Houston |
Tavalludi |
9-avgust 1963-yil Newark, New Jersey, AQSh |
Vafoti |
11-fevral 2012-yil (48 yoshda) Beverly Hills, California, AQSh |
Fuqaroligi |
![]() |
Turmush oʻrtogʻi | Bobby Brown[1] |
Janr | Pop, soul, R&B |
Amplua | vokal, pianino |
Faoliyat yillari | 1977 — 2012 |
Sayt | WhitneyHouston.com |
Whitney Elizabeth Houston (talaffuzi: Uitni Elizabet Hyuston; 9-avgust, 1963 — 11-fevral, 2012) amerikalik qoʻshiqchi, aktrisa, produser va model boʻlgan. Guinness Dunyo Rekordlari kitobiga eng koʻp taqdirlangan ayol sifatida kirgan.[2] Uning jami 415 mukofotlari orasida ikkita Emmy, oltita Grammy, 30 ta Billboard Music Awards, 22 ta American Music Awards va boshqa nufuzli mukofotlar bor. Houston shuningdek 170 milliondan ortiq albom va singl sotib, eng muvaffaqiyatli artistlar qatoriga kirgan.[3][4] Houston jami yettita studiyaviy va uchta soundtrack albomlar chiqargan, ularning hammasi kamida platina yoki oltin sertifikatlari olgan. Uning „Saving All My Love for You“, „How Will I Know“, „Greatest Love of All“, „I Wanna Dance with Somebody (Who Loves Me)“, „Didnʼt We Almost Have It All“, „So Emotional“ va „Where Do Broken Hearts Go“ ashulalari hit-paradlarda birinchi oʻrinlarni egallagan.
Houston shuningdek kinoda ham oʻynagan. Uning eng mashhur filmlaridan biri — Tansoqchi (1992). Filmda ijro etilgan „I Will Always Love You“ ashulasi musiqa tarixida eng koʻp sotilgan singllardan boʻldi. Shuningdek u Waiting to Exhale (1995) va The Preacher's Wife (1996) filmlarida suratga tushgan.
Hayotining soʻnggi yillarida giyohvandlik muammolariga duch kelgan Houston 2012-yil 11-fevralida Beverly Hilton (California) mehmonxonasida vafot etdi.[5]
Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Whitney Houston (1985)
- Whitney (1987)
- I'm Your Baby Tonight (1990)
- My Love Is Your Love (1998)
- Just Whitney (2002)
- One Wish: The Holiday Album (2003)
- I Look to You (2009)
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ (unspecified title)
- ↑ „Whitney Houston biography“. whitneyhouston.com (19-avgust 2009-yil). 11-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-noyabr 2010-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (11-fevral 2012-yil).
- ↑ Dobuzinskis, Alex. „Whitney Houston, as of 2009, said she was "drug-free"“. Reuters (15-sentabr 2009-yil). Qaraldi: 13-yanvar 2010-yil.
- ↑ „Whitney Houston Biography“. whitneyhouston.com. Qaraldi: 12-yanvar 2010-yil.
- ↑ „Whitney Houston, 48, found dead in Beverly Hills“ (11-fevral 2012-yil). Qaraldi: 11-fevral 2012-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
Vikiomborda Whitney Houston haqida turkum mavjud |
![]() |
- 9-avgustda tugʻilganlar
- 1963-yilda tugʻilganlar
- 11-fevralda vafot etganlar
- 2012-yilda vafot etganlar
- Musiqachilar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Amerikalik ayol qoʻshiqchilar
- Amerikalik aktrisalar
- Amerikalik ayol modellar
- Amerikalik televideniye aktrisalari
- Afroamerikalik aktrisalar
- Afroamerikalik ayol qoʻshiqchilar
- MTV Europe Music Award sovrindorlari
- Grammy mukofoti sovrindorlari
- Brit mukofoti sovrindorlari
- Amerikalik ayol pop-qoʻshiqchilar
- Amerikalik rok-qoʻshiqchilar