Wheaton kolleji (Massachusetts)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Wheaton College
Shiori "That They May Have Life and Have it Abundantly"
Asos solingan 1834-yil
Oʻquv yurti turi ayollar seminariyasi
Prezident Michaele Whelan
Vebsayti wheatoncollege.edu

Koordinatalari: 41°58′5.8799999999974″N 71°11′4.1999999999996″W / 41.968299999999999272°N 71.184499999999999886°W / 41.968299999999999272; -71.184499999999999886 G O


Wheaton kolleji — Massachusets shtatining Norton shahridagi xususiy liberal sanʼat kolleji. Wheaton 1834-yilda ayollar seminariyasi sifatida tashkil etilgan. Vasiylar 1912- yilda Massachusets Hamdoʻstligidan kollej nizomini olgandan soʻng, Wheaton ayol seminariyasi nomini rasman Wheaton kollejiga oʻzgartirdilar. U 1988-yilda erkaklar qabul qilina boshlagunga qadar Qoʻshma Shtatlardagi ayollar uchun eng qadimgi oliy taʼlim muassasalaridan biri boʻlgandi. Unda 1669 nafar bakalavriat talabalari tahsil oladi, aspirantlar yo‘q. [1]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1834-yilda sudya Laban Uitonning qizi Eliza Wheaton Strong oʻttiz toʻqqiz yoshida vafot etdi. Sudy Wheaton ayol seminariyasini tashkil etish orqali qizini yodga olish uchun kollej tashkil etdi.[2]

Oila taniqli ayollar oʻqituvchisi Meri Lyonni seminariyani tashkil etishda yordam soʻrashga chaqirdi.[3] Lion birinchi oʻquv dasturini sifat jihatidan erkaklar kollejlari bilan teng boʻlishini maqsad qilgan edi. U, shuningdek, birinchi direktor Yunis Kolduellni taqdim etdi. 1835-yil 22-aprelda Massachusets shtatining Norton shahrida Wheaton college ochildi va usha vaqt unda 50 talaba va uch oʻqituvchi bor edi.

Prezidentlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyida Wheaton college prezidentlarining prezidentlik yillari bilan roʻyxati keltirilgan.

  • Rev. Dr. Samuel Valentine Cole (1912-1925)
  • Jorj Tomas Smart, prezident vazifasini bajaruvchi (1925-1926)
  • Rev. Doktor Jon Edgar Park (1926-1944)
  • A. Howard Meneely (1944-1961)
  • Elizabet Stoffregen Mey, prezident vazifasini bajaruvchi (1961-1962)
  • William Courtney Hamilton Prentice (1962-1975)
    Watson Fine tasviriy sanʼat markazi
  • Elis Frey Emerson (1975-1991)
  • Hannah Goldberg, prezident vazifasini bajaruvchi (1991-1992)
  • Deyl Rojers Marshall (1992-2004)
  • Ronald Kratcher (2004-2014)
    Sanʼati va gumanitar fanlar binosi
  • Dennis M. Xanno (2014-2021)
  • Michaele Whelan (2022-hozirgi) [4]

Akademiklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wheaton 100 dan ortiq asosiy va kichik yoʻnalishlar boʻyicha sanʼat bakalavr darajasiga liberal sanʼat taʼlimini taklif qiladi. Talabalarga professor-oʻqituvchilar bilan ishlashga ruxsat beriladi. Wheaton college Yangi Angliya Oliy Taʼlim Komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtgan.[5]

Kampus[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wheaton koʻpincha oʻzining goʻzal kampusi [6] bilan tanilgan. [7]

Taniqli bitiruvchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chris Denorfia — (beysbol oʻyinchisi)

Nick Fradiani — (Rep kuychisi)

Catherine Keener — (Aktrisa)

Eleanor Norcross — (Fitchburg sanʼat muzeyi asoschisi)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Common Data Set 2020–2021“.
  2. Helmreich, P. (2002) Wheaton College, 1834-1957: A Massachusetts Family Affair: New York, Cornwall Books. ISBN 0-8453-4881-7
  3. Toffoli. „Mary Lyon“. Mt. Holyoke College (1997). 2007-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 19-mart.
  4. „About President Whelan“ (en-US). Wheaton College Massachusetts. Qaraldi: 2022-yil 3-yanvar.
  5. Massachusetts Institutions – NECHE, New England Commission of Higher Education, qaraldi: May 26, 2021
  6. „50 Most Beautiful Colleges in the Fall - Best College Values“ (en-US). Best College Values (2014-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 19-yanvar.
  7. „Wheaton Tree Walk“ (en-US). Wheaton College Massachusetts. 2018-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-yanvar.