WhatsApp

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
WhatsApp
WhatsApp logo.svg
Ishlab chiqaruvchi: WhatsApp Inc.
Facebook Inc.
Ilk reliz: 2009-yil
Til(lar): koʻptilli
Janr: Darhol xabarlashuv
Litsenziya: Propriyetar
Vebsayt: whatsapp.com

WhatsApp Messenger (talaffuzi: Uotsapp messenjer;[1] inglizchadan What's up? — "Ishlar qalay?" va app) smartfonlar uchun propriyetar, kross-platforma darhol xabarlashuv obuna xizmatdir. Matn xabarlashuvdan tashqari foydalanuvchilar bir-birlariga tasvir, video va audio xabarlar yuborishlari mumkin. Mijoz dastur Google Android, BlackBerry OS, Apple iOS, Nokia Series 40, Symbian, Nokia Asha platform va Microsoft Windows Phone uchun mavjud. WhatsApp Inc. 2009-yilda amerikaliklar, sobiq Yahoo! xodimlari Brian Acton va Jan Koum tomonidan ochilib, Mountain View, Kaliforniyada joylashgan.[2][3]

Osiyolik xabarlashuv xizmatlari (LINE, KakaoTalk, WeChat kabi) bilan raqobatda boʻlgan WhatsApp 2012-yil avgustida kuniga oʻn milliard xabar oʻtkazdi.[4] 2013-yil 13-iyunida WhatsApp Twitter hisobida kuniga 27 milliard xabar oʻtkazib, rekord oʻrnatganini eʼlon qildi.[5] Financial Times gazetasiga binoan, "Skype xalqaro telefonlashuvga nima qilgan boʻlsa, WhatsApp SMSga xuddi shunday qildi."[6]

2013-yil noyabriga kelib WhatsApp oylik foydalanuvchilari soni 190 millionga, ulashilgan fotolar soni 400 millionga yetdi.[7][8] 2013-yil dekabrida WhatsApp blogi oylik faol foydalanuvchilar soni 400 millionga yetgani haqida iddao qildi.[9]

2014-yil 19-fevralida Facebook WhatsApp'ni $19 milliardga sotib olishini bildirdi. Facebook shundan $4 milliardni naqd, $12 milliardni Facebook hissalarida, $3 milliardni keyingi toʻrt yil davomida faqat WhatsApp asoschilari va xodimlari tomonidan olinadigan xizmat uchun ajratiluvchi aksiyalarda berishini va WhatsApp messendjerining asoschilaridan biri bo'lmish Yan Kum (Jan Koum) direktorlar kengashi a'zosi etib tayinlanishini eʼlon qildi.[10]

Qiziq faktlar[tahrir]

WhatsAppning Server dasturiy ta'minoti Erlang tilida yozilgan; 2012-yilning yanvar oyida WhatsApp serverlari FreeBSD OTidan foydalanishgan, ularda 96 Gb operativ xotira o'rnatilgan bo'lib, ularning har biri 1 dan 2,8 milliongacha bog'lanishni amalga oshira olgan. Bir kunda WhatsApp 10 mlrd.ga yaqin ma'lumotlarni yetkazib bera olgan (2012-yil avgust). 2013-yil iyun oyida kompaniyaning xabar berishicha, rekord o'rnatilgan kuni ular 10 mlrd.dan ortiq xabarni qabul qilgan, va 17 mlrd xabarni yetkazib bera olgan.

Manbalar[tahrir]

  1. WhatsApp pronunciation: How to pronounce WhatsApp in English. 20-fevral 2014.
  2. El pais, 2012-07-09, http://elpais.com/elpais/2012/07/09/inenglish/1341836473_977259.html .
  3. Eric, Jackson (December 3, 2012). Why Selling WhatsApp To Facebook Would Be The Biggest Mistake of Jan Koum's and Brian Acton's Lives. Forbes. 3 May 2013.
  4. Olanof, Drew (August 23, 2012). "WhatsApp hits new record with 10 billion total messages in one day". The Next Web. http://thenextweb.com/apps/2012/08/23/whatsapp-hits-new-record-10-billion-total-messages-one-day/. Qaraldi: January 29, 2008. 
  5. WhatsApp (µblog), 27 Billion msgs handled in just 24 hours!, Tweeter, https://twitter.com/WhatsApp/status/344966710241161216, "New daily record: 10B+ msgs sent (inbound) and 17B+ msgs received (outbound) by our users" 
  6. Bradshaw, Tim (November 14, 2011). "WhatsApp users get the message". The Financial Times (London). http://www.ft.com/intl/cms/s/2/30fd99a2-0c60-11e1-88c6-00144feabdc0.html. Qaraldi: January 29, 2013. 
  7. "What’s app: 190 million monthly active users", The Verge, 2013-08-06, http://www.theverge.com/2013/10/22/4865328/whatsapp-350-million-monthly-active-users, qaraldi: 2013-10-22 .
  8. Parmy Olson (10 November 2013). "Teenagers say goodbye to Facebook and hello to messenger apps". The Guardian. http://www.theguardian.com/technology/2013/nov/10/teenagers-messenger-apps-facebook-exodus?CMP=EMCNEWEML6619I2. Qaraldi: 11 November 2013. 
  9. Jan Koum (19 December 2013). 400 Million Stories. WhatsApp Blog. WhatsApp. 17 January 2014.
  10. February 2014 Facebook to Acquire WhatsApp (19 February 2014).

Havolalar[tahrir]