Wednesday Addams

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Wednesday Addams
Addamslar oilasi obrazi
WednesdayAddams2022.jpeg
Wednesday (Jenna Ortega tasviri) 2022-yilgi Wednesday nomli Netflix televizion serialida
Tasvirchi(lar) Lisa Loring
Noelle Von Sonn
Christina Ricci
Nicole Fugere
Krysta Rodriguez
Rachel Potter
Melissa Hunter
Carrie Hope Fletcher
Jenna Ortega
Ovoz bergan(lar) Cindy Henderson (1972–1974-yilgi seriallarda)
Debi Derryberry (1992–1994-yillarda)
Chloë Grace Moretz (2019- va 2021-yilgi filmlarda)
Soch rangi qora
Yoshi 6 (original teleserialda)
12–13 (filmlarda)
15–16 (Wednesday teleserialida)
Umumiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Wednesday Friday Addams
Jinsi ayol
Oilasi Gomez (otasi)
Morticia (onasi)
Pugsley (akasi)
Pubert Addams (ukasi)
Pugsley Jr (kenja ukasi)
Fester Addams (togʻasi)
Debbie Jellinsky Addams (xolasi)
Grandmama (buvisi)
Goody Addams (ajdodi; Wednesday)

Wednesday Friday Addams (talaffuzi: Venzdey Fraydey Adams) — Addamslar oilasidagi yagona qiz farzand, amerikalik karikaturachi Charles Addams tomonidan yaratilgan xayoliy qahramon. 1964-yildan buyon ekranlarda keng miqyosda paydo boʻla boshlagan. 2022-yilgi Netflix suratga olgan Wednesday serialining bosh qahramoni sifatida tasvirlangan.

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Addams oilasi aʼzolarining ismlari The New Yorker jurnali tomonidan suratga olingan 1938-yilgi multfilmlarda toʻlaqonli nomlanib ulgurmagan edi. Qahramonlar 1964-yilgi teleserialga moslashtirilayotganda muallif, Charles Addams Wednesday ismini bolalar bogʻchasida aytiladigan ertakka (Wednesday ismli qaygʻuga toʻla bola obrazidan) asoslanib nomlaydi. Bu nom g‘oyasini Ch. Addamsning tanishi, aktrisa va shoira Joan Blake taklif qilgan[1]. Wednesday Pugsley Addamsning opasi, Gomez va Morticia Addamslarning yagona qiz farzandi hisoblanadi. Dastlabki ekranlashtirishda qizaloq kenja farzand sifatida tasvirlangan boʻlsa, keyingi ekranlashtirishda Wednesday Addamslarning katta farzandi sifatida tasvirlangan.

Tashqi koʻrinishi va shaxsiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wednesday Addams oʻlim bilan uygʻunlashib ketgan qizaloq obrazidir. Wednesday eksperimentlarining aksariyatini ukasi Pugsley Addamsda „oʻyin-kulgi“ yoki jazo uchun qoʻllaydi. U Pugsleyni koʻp marta oʻldirishga uringan. Qizaloq oʻrgimchaklarni boqish va Bermud uchburchagini tadqiq qilishni yoqtiradi. Wednesday oʻzining gotik xarakteri tufayli odamlarni hayratda qoldirishga moyildir[2].

Wednesdayning eng koʻzga koʻringan xususiyatlari uning rangpar terisi hamda uzun tim qora o'rilgan sochlari hisoblanadi. U kamdan-kam hollarda oʻz his-tuygʻularini namoyon qiladi. Odatda uning emotsiyalari teskari taʼsirga ega boʻladi. Wednesdayni, asosan, oq yoqali qora koʻylak, qora paypoq va qora tuflida koʻrish mumkin[3].

Xuddi shu nomli 2019-yilgi animatsion kartinada Wednesday oʻzining his-tuygʻusiz tabiati va sadistik odatlarini saqlab qoladi hamda ukasi Pugsleyning koʻmib yuborishga harakat qiladi. Shu bilan birga, u oʻz maktabidagi bezorilarni ayanchli tarzda jazolaydi. Biroq, oʻzining dahshatli va himoyalangan hayotidan zerika boshlaydi hamda onasi Morticianing eʼtirozlariga qaramay, dunyoni koʻrishni xohlaydi. Bu esa, uning Parker Needler bilan doʻstlashishiga va ikkalasi bir-birining bir nechta xususiyatlarini oʻz zimmalariga olishiga olib keladi. Wednesday rang-barang kiyimlar kiyishni boshlaydi hamda oʻrama soch turmagini oʻzgartiradi.

Obrazlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wednesday obrazini ilk teleserialda Lisa Loring ijro etgan. Ushbu rol multfilmlarda tasvirlanganidan ham koʻra ancha yomonroq boʻlgan. Hanna-Barbera tomonidan suratga olingan ilk animatsion serialda Wednesdayning ovozi Cindy Henderson tomonidan ijro etilgan. Henderson xuddi shu personajni "The New Scooby-Doo Movies"ning bir qancha epizodlarida gavdalantirgan.

Jenna Ortega xuddi shu nomdagi Netflix serialida Wednesday obrazini ijro etgan[4].

Shajarasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Addamslar oilasi shajara daraxti
Grandmama[lower-roman 1][n 1]
Debbie Jellinsky[n 2]Fester togʻa[lower-roman 1]Cousin Itt[lower-roman 1]Margaret Alford[n 2]Tully Alford
Mal Beineke[n 3]Alice Beineke[n 3]Gomez AddamsMorticia Addams
(qizlik familyasi: Frump)
[lower-roman 1][lower-roman 2]
Rupert Styx[n 4]
Lucas Beineke[lower-roman 3]Wednesday Addams[lower-roman 1][lower-roman 4][lower-roman 5]Pugsley Addams[lower-roman 1]Pubert Addams[lower-roman 6][n 2]
Wednesday Addams Jr.[n 5]Pugsley Addams Jr.[n 5]
Izohlar:
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Altogether Ooky: The Addams Family Tree“. Family Tree Magazine. Qaraldi: 3-noyabr 2020-yil.
  2. „Morticia Addams: A Witch Icon Worthy Of All The Praise“. SyFy Wire. Qaraldi: 13-mart 2019-yil.
  3. „Celebrate the 10th Anniversary of The Addams Family on Broadway“. Playbill. Qaraldi: 3-noyabr 2020-yil.
  4. „Here’s how Wednesday Addams got her name“. The A.V. Club. Qaraldi: 13-iyul 2018-yil.
  5. „The Many Shades of Wednesday Addams“. The New York Times. Qaraldi: 14-oktabr 2019-yil.
  6. „11 things you never knew about Addams Family Values. Digital Spy. Qaraldi: 3-noyabr 2020-yil.
  1. In the Broadway musical The Addams Family, Morticia refers to Grandmama as Gomez and Uncle Fester's mother,
    to which Gomez reacts with surprise and says that he had thought she was Morticia's mother. Morticia later says that
    Grandmama "may not even be part of this family", referencing Grandmama's ever-changing relation to the family.
  2. 2,0 2,1 2,2 Established in the 1993 film Addams Family Values.
  3. 3,0 3,1 Established in the Broadway musical The Addams Family.
  4. Established in the 1964 episode "Halloween with the Addams Family".
  5. 5,0 5,1 Established in the 1977 film Halloween with the New Addams Family.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Addams Family Values, Letters, The New Yorker, July 30 2018
  2. "Wednesday Leaves Home" (20 November 1964) Season 1, Episode 10, at 06:30
  3. Carrie, Stephanie „A Christina Ricci Doppelganger Creates a Series About Wednesday Addams As an Adult“. LA Weekly (6-mart 2015-yil). Qaraldi: 16-mart 2015-yil.
  4. Andreeva. „Jenna Ortega To Play Lead Wednesday Addams In Netflix's Live-Action Series From Tim Burton“. Deadline Hollywood (19-may 2021-yil). Qaraldi: 19-may 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]