Web 2.0
Qiyofa
Veb 2.0 – bu internetning rivojlanish bosqichi boʻlib, veb 1.0 ning takomillashgan shakli hisoblanadi. Veb 1.0 texnologiyasi „only read“ tamoyili asosida ishlagan boʻlsa, veb 2.0 texnologiyasi „participate“ tamoyili asosida ishlaydi. Veb 2.0 bosqichi „Dinamik veb“ yoki „Sotsial veb“ deb ham ataladi. Bu bosqichda internet foydalanuvchilari nafaqat axborotni iste’mol qilish, balki uni yaratishda ham faol ishtirok etishlari mumkin edi, yaʼni: fikr bildirish, oʻz kontentlarini joylash, baholash, boshqa foydalanuvchilar bilan muloqot qilish va hamkorlikda ishlash kabi imkoniyatlarga ega bo‘lishgan.
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |