Kontent qismiga oʻtish

Wazhma Frogh

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Wazhma Frogh

Hillary Clinton, Wazhma Frogh va Michelle Obama
Tavalludi XX asr
Fuqaroligi Afgʻoniston bayrogʻi Afgʻoniston
Kasbi ayollar huquqlari himoyachisi

Wazhma Frogh (talaffuzi: Vajma Frog, XX asr, Afgʻoniston) — afgʻonistonlik ayollar huquqlari himoyachisi[1][2].

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wazhma Frogh Afgʻonistonda tugʻilgan. Sakkizinchi sinfida Frogh ijara toʻlovini kamaytirish evaziga uy egasining bolalarini oʻqitgan, bu harakati sababli Frogh va uning opa-singillari maktabda oʻqishni davom ettirish imkoniyatiga ega boʻlishadi[3]. 17 yoshida Wazhma Pokistondagi bir gazetada amaliyot oʻtayotganida bu yerda joylashgan afgʻon qochqinlari lagerlaridagi turmush sharoitining yomonligi va ayollarga nisbatan shafqatsiz munosabat koʻrsatilayotgani haqida xabarlar bera boshlagan. 1992—2001-yillarda Frogh Peshovarda yashaganida Afgʻonistonda ayollarning huquq va imkoniyatlarini oshrish boʻyicha jamoat dasturlarini tashkil eta boshlagan. 2001-yilda Frogh Afgʻonistonga qaytib keladi[4]. 2002-yilda Wazhma Afgʻonistonning Nuriston viloyatidagi ayollar ahvolining birinchi gender baholash jarayonini yakunlaydi[4]. Frogh yana Afgʻonistonning Qandahor, Gʻazna, Hirot va Parvon viloyatlarida Ayollarni rivojlantirish markazlari tashkil etilishni qoʻllab-quvvatlagan[4]. Frogh Afgʻonistondagi Ayollar, tinchlik va xavfsizlik ilmiy-tadqiqot institutining hammuassisi boʻlgan, hamda 2013-yildan boshlab, bu insitutda direktori boʻlib ishlagan. Wazhma 2013-yilda NATO hisobotida bir necha bor inson huquqlarini buzgan deb qayd qilingan harbiy amaldor bilan toʻqnashuvlardan qochish uchun Amerika Qoʻshma Shtatlarga ketishga harakat qiladi[5]. Ammo oʻsha amaldor Frogh va uning opa-singillariga tahdid qilishda davom etgan, AQShda joylashgan Inklyuziv xavfsizlik instituti Froghga olti oydan oʻn ikki oygacha mehmon sifatida ishlashni taklif qilgan boʻlsa-da, Wazhmaga viza berish rad etiladi[5]. Wazhma The Guardian gazetasida Afgʻoniston mavzusida maqolalar ham yozgan[6]. 2010-yilda Frogh oʻz mamlakatida tinchlik kelishuvi hech qachon amalga oshmasligi haqida yozadi. Bunga sabab sifatida mamlakatda ayollar huquqlariga nisbatan eʼtiborsizliklar yanada kuchayishi, jinoyatchilar esa hukumat tomonidan ozod qilinishini koʻrsatgan. Wazhma AQShning Ayollarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiyasini 2003-yilda Afgʻoniston ratifikatsiya qilganini qoʻllab-quvvatlagan[7][8]. 2009-yilda Frogh „Jasorati uchun“ xalqaro ayollar mukofoti bilan taqdirlangan[1].

  1. 1 2 „The Secretary of State's 2009 International Women of Courage Awards“. U.S. Department of State. 2026-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 28-mart.
  2. „Wazhma Frogh - The Independent“. independent.co.uk (2014-yil 26-avgust). 2026-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 28-mart.
  3. „DipNote“ (inglizcha). United States Department of State. 2026-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 28-mart.
  4. 1 2 3 „» The Women Waging Peace Network“. www.inclusivesecurity.org. 2026-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 28-mart.
  5. 1 2 „Frustration in Afghan women’s rights struggle“. 2026-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 28-mart.
  6. „Wazhma Frogh | The Guardian“ (inglizcha). the Guardian. 2026-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 28-mart.
  7. „Afghanistan: Failing Commitments to Protect Women's Rights“ (inglizcha). Human Rights Watch (2013-yil 11-iyul). 2026-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 28-mart.
  8. Barbra Kim. „CEDAW ratification would be a triumph for Afghan women“ (inglizcha). TheHill (2010-yil 17-noyabr). 2026-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 28-mart.