Wang Yongpo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Wang Yongpo
王永珀
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Wang Yongpo
Tavallud sanasi 19-yanvar 1987-yil (1987-01-19) (37 yosh)
Tavallud joyi Qingdao, Shandong, Xitoy
Boʻyi 1.78 m (5 ft 10 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Shenzhen F.C.
Raqami 39
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1998-2003 Shandong Luneng
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004-2016 Shandong Luneng 215 (48)
2017-2019 Tianjin Quanjian 61 (6)
2019 Shanghai Greenland Shenhua 4 (0)
2020- Shenzhen F.C. 22 (2)
Milliy terma jamoa
2001-2003 Xitoy U-17
2005-2007 Xitoy U-20
2009- Xitoy 18 (8)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 4-yanvar uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2019-yil 25-mart uchun)

Wang Yongpo (xitoycha: 王永珀 1987-yil 19-yanvarda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining Shenzhen FC klubida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wang Yongpo futbolchilik faoliyatini 2004-yilda Shandong Luneng yoshlar akademiyasidan klubning asosiy jamoasiga koʻtarilganida boshlagan. U klubdagi debyutini 2004-yilning 4-dekabrida „ Tianjin Teda“ga qarshi oʻyinda (1:1) oʻtkazgan[1]. Uning jamoadagi karyerasi keyingi mavsumda davom etgan, u 2005-yilgi mavsum davomida bir nechta oʻyinlarda maydonga tushgan. U 2007-yilgi mavsumda jamoadoshi Zhen Zhi jamoani tark etib, Charlton Athleticga qoʻshilganida, u klubda mashhurlikka erishgan. Mavsum davomida sezilarli darajada koʻp maydonga tushgan, klub ichida asosiy hujumchi rolini oʻynagan. 2008-yilgi mavsumda u muhim oʻyinchiga aylangan, 16 oʻyin oʻtkazgan va oyoq ligementiga jarohat yetganligi sababli mavsumning koʻp qismini oʻtkazib yuborgan boʻlsa-da, Shandong uchun 7 ta gol urgan[2].

2017-yilning 8-fevralida Wang Xitoy Superligasining „Tianjin Quanjan“ klubiga 60 million yuan evaziga uch yillik shartnoma asosida o‘tgan[3][4]. U klubdagi debyutini 2017-yilning 4-martida Guangzhou R&Fga qarshi o‘yinda (2:0) o‘tkazgan[5]. U oʻzini jamoaning muhim aʼzosi sifatida koʻrsata olgan va jamoaga tarixda birinchi marta uchinchi oʻrinni egallashga va Osiyo Chempionlar Ligasiga yoʻl olishiga yordam bergan[6]. Shartnomasi 2019-yil 30-iyulda yakuniga yetib borar ekan, Wang boshqa yuqori divizion jamoasi „Shanghai Shenxua“ bilan shartnoma imzolagan[7]. 2019-yilgi Xitoy FA kubogini qoʻlga kiritgach Shenxua bilan qisqa muddatdli shartnomasini toʻtatagan va 2020-yil 25-fevralda Shenzhen FC bilan shartnoma imzolagan[8].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wang Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2009-yilning 1-iyunida Eronga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan[9]. 2013-yilning 6-iyunida Oʻzbekistonga qarshi oʻyinda u xalqaro maydondagi ilk golini kiritgan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Shandong Luneng 2004 Xitoy Super Ligasi 1 0 0 0 0 0 - - 1 0
2005 3 0 3 0 0 0 - - 6 0
2006 8 0 2 0 - 0 0 - 10 0
2007 15 0 - - 5 3 2 0 22 3
2008 16 7 - - - - 16 7
2009 26 6 - - 5 0 - 31 6
2010 18 4 - - 5 0 - 23 4
2011 27 2 1 0 - 5 2 - 33 4
2012 18 9 4 3 - - - 22 12
2013 29 11 1 0 - - - 30 11
2014 17 0 2 0 - 4 0 - 23 0
2015 24 6 4 1 - 4 2 1 0 33 9
2016 13 3 1 0 - 7 1 - 21 4
Jami 215 48 18 4 0 0 35 8 3 0 271 60
Tianjin Quanjian 2017 Xitoy Super Ligasi 23 2 3 1 - - - 26 3
2018 28 2 1 0 - 10 1 - 39 3
2019 10 2 0 0 - - - 10 2
Jami 61 6 4 1 0 0 10 1 0 0 75 8
Shanghai Shenhua 2019 Xitoy Super Ligasi 4 0 1 0 - - - 5 0
Shenzhen F.C. 2020 Xitoy Super Ligasi 6 1 1 0 - - - 7 1
2021 16 1 4 3 - - - 20 4
Jami 22 2 5 3 0 0 10 1 0 0 27 5
Karyerada jami 302 56 28 8 0 0 45 9 3 0 378 73
Milliy terma jamoa
Yil Oʻyin Gol
2009 1 0
2010 0 0
2011 0 0
2012 yil 0 0
2013 6 4
2014 1 0
2015 6 3
2016 0 0
2017 2 1
2018 0 0
2019 2 0
Jami 18 8

Xalqaro maydondagi gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 6.06.2013 Xohxot shahar stadioni, Xohxot, Xitoy  Oʻzbekiston 1 — 0 1-2 Oʻrtoqlik
2. 15.06.2013 Xefey Olimpiya sport markazi stadioni, Xefey, Xitoy  Tailand 1 — 2 1-5 Oʻrtoqlik
3. 21.07.2013 Seul Jahon kubogi stadioni, Seul, Janubiy Koreya  Yaponiya 1 — 0 3-3 2013-yil EAFF Sharqiy Osiyo kubogi
4. 2 — 3
5. 5.08.2015 Wuhan Sport Center Stadium, Wuhan, Xitoy  Shimoliy Koreya 2 — 0 2-0 2015-yil EAFF Sharqiy Osiyo kubogi
6. 12.11.2015 Xelong stadioni, Changsha, Xitoy  Butan 9 — 0 12-0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
7. 11 — 0
8. 7.06.2017 Tianhe stadioni, Guanchjou, Xitoy  Filippin 4 — 1 8-1 Oʻrtoqlik

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shandong Luneng[10]

  • Xitoy Superligasi : 2006, 2008, 2010
  • Xitoy FA kubogi : 2004, 2006, 2014[11]
  • Xitoy Superliga kubogi : 2004-yil
  • Xitoy FA Superkubogi : 2015-yil

Shanghai Shenhua

  • Xitoy FA kubogi : 2019[12]

Shahsiy yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Xitoy Superligasining ichki „Oltin butsasi“ sohibi: 2012-yil
  • Xitoy Superligasining yil jamoasi: 2012, 2013

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „1-1 - 比赛结果-中超数据库-搜狐“. csldata.sports.sohu.com (2004-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 8-sentyabr.
  2. „China: Shandong Luneng Take Chinese Super League Title“. goal.com (2008-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 8-sentyabr.
  3. „鲁能官宣王永珀转会权健:身在何方这永远是你家“. Sina (2017-yil 8-fevral). Qaraldi: 2017-yil 8-fevral.
  4. „Heavy pound! In Tianjin the right to health team 60 million yuan to sign the former striker Wang Yongpo signed for three years!“. bestchinanews.com (2017-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar. [sayt ishlamaydi]
  5. „中超-肖智头槌帕托失良机 富力2-0权健取开门红“ (zh). sports.sina.com (2017-yil 4-mart). Qaraldi: 2017-yil 9-mart.
  6. „China 2017“. rsssf.com (2018-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar.
  7. „上海申花官方宣布王永珀加盟 夏窗又一重磅引援“ (zh). sports.sina.com (2019-yil 30-iyul). Qaraldi: 2019-yil 30-iyul.
  8. „深足官宣5连 郜林哲马伊利王永珀裴帅郑达伦加盟“. sports.online.sh.cn (2020-yil 25-fevral). 2020-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.
  9. „郜林补射绝杀高家军迎来首胜 中国队1-0胜伊朗“. teamchina.sports.sohu.com (2009-yil 1-iyun). 2018-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-sentyabr.
  10. „Wang, Yongpo“. National-football-teams.com (2019-yil 22-avgust). Qaraldi: 2019-yil 22-avgust.
  11. „足协杯-麦克格文压哨绝杀 鲁能5-4舜天夺冠“. Sports.sina.com.cn (2014-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 19-avgust.
  12. „申花打破足协杯先主后客夺冠魔咒 并终结尴尬纪录“. sports.sina.com.cn (2019-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 6-dekabr.