Wanda Maximoff (Marvel kinematografiya koinoti)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Wanda Maximoff
Marvel kinematografiya koinoti obrazi

Elizabeth Olsen Doctor Strange in the Multiverse of Madness filmi premyerasida (2019)
Ilk bora koʻringan Birinchi qasoskor:
Qish askari
(2014)
Qaysi asarga asoslangan
Qaysi asardan adaptatsiya qilingan Joss Whedon
Jonlantirgan(lar)
Umumiy maʼlumotlar
Unvoni Scarlet Witch
Mansubligi
Aslahalari
Oilasi
  • Olek Maximoff (otasi)
  • Iryna Maximoff (onasi)
  • Pietro Maximoff (ukasi)
Aloqador boshqa obraz(lar) Vision
Bolalari
  • Billy va Tommy Maximoff
Kelib chiqishi Sokoviya
Millati sokoviyalik

Wanda Maximoff (talaffuzi: Uanda Maksimoff) Marvel kinematografiya koinoti (MKK) mediafranshizasidagi xayoliy qahramondir. Marvel Comics komikslaridagi ayni nomli qahramonga asoslangan. MKK filmlarida u Elizabeth Olsen tomonidan gavdalantirilgan. Filmlarga koʻra, Wanda va uning akasi Pietro sokoviyalik qochoqlar boʻlishib, ular ustida Hydra tadqiqot boʻlinmasi tomonidan tajriba oʻtkaziladi. U buyumlarni fikr yordamida boshqara olish qobiliyatiga sohibdir.[3] Avvalboshda Qasoskorlar jamoasi bilan ziddiyatlari toʻqnashadi, ammo keyin jamoaga qoʻshiladi va jamoaning eng qudratli aʼzolaridan biriga aylanadi.[4]

Wanda Visionni yoqtirib qoladi. Visionning vafoti va Thanos cheksizlik toshlari yordamida borliqning teng yarmini yoʻq qilgandan keyin u ruhiy tushkunlikka tushib qoladi va buning natijasida Westview shahrida anomaliya yaratib, shahar aholisi ongini nazorat qiladi, shahardagi obyektlarni esa molekulyar darajada oʻzgartiadi. Oxir-oqibat, u S.W.O.R.D. Agentligi va jodugar Agatha Harkness bilan toʻqnash kelib, shahar aholisi ongini ozod etadi. Keyinchalik, Wanda oʻzida yashirin kuch-qobiliyatlarini kashf etib, Scarlet Witchga aylanadi.[5] Bundan tashqari, u Westview shahrida yaratgan Billy va Tommy ismli bolalari bilan birga boʻlish uchun Darkhold kitobidan foydalanadi. U ushbu kitob yordamida olamlararo sayohat qilish qobiliyatiga sohib boʻlgan America Chavez ismli qizni taʼqib etadi, bu esa Stephen Strange bilan ziddiyatga olib keladi.

Olsen tomonidan jonlantirilgan Wanda personaji ilk bor Birinchi qasoskor: Qish askari filmida koʻrinish berib, 2022-yilga qadar MKKning oltita filmida qatnashgan. Olsenning ijrosi koʻpchilik tomonidan ijobiy baholandi va unga koʻplab yutuqlarni, jumladan 2021-yilda Primetime Emmy Award, 2022-yilda Oltin globusni olib keldi.[6]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „What Is The Scarlet Witch? Wandavision's 'Chaos Magic' Reveal, Explained“. Inverse (2021-yil 26-fevral). Qaraldi: 2021-yil 20-aprel.
  2. Di Placido, Dani „'WandaVision's' Mysterious Chaos Magic, Explained“. Forbes (2021-yil 27-fevral). Qaraldi: 2021-yil 20-aprel.
  3. Marnell, Blair „'WandaVision': The Scarlet Witch's Powers and Chaos Magic, Explained“. Collider (2021-yil 28-fevral). Qaraldi: 2021-yil 27-aprel.
  4. „Scarlet Witch (Wanda Maximoff) On Screen Full Report“. Marvel.
  5. Acuna, Kirsten „'WandaVision' finally gives Wanda her Marvel superhero name and fans are overjoyed“. Insider (2021-yil 26-fevral). Qaraldi: 2021-yil 28-sentyabr.
  6. Hipes, Patrick „Hollywood Foreign Press Unveils Its Golden Globes Nominations: 'Belfast', 'Power Of The Dog' & Netflix Lead Field“ (en-US). Deadline (2021-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 23-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]