Wahida Amiri
| Wahida Amiri | |
|---|---|
| talaffuzi: Vohida Amiriy | |
| Tavalludi |
1990-yil |
| Fuqaroligi |
|
| Kasbi | kutubxonachi, ayollar huquqlari harakati faoli. |
Wahida Amiri (talaffuzi: Vohida Amiriy, 1990-yil, Kobul, Afgʻoniston) — afgʻon kutubxonachisi va ayollar huquqlari harakati faoli. Amiri Tolibonga qarshi doimiy norozilik bildirishi va Tolibonning ayollar taʼlimi hamda mehnatiga qoʻygan taqiqi uchun BBCning 2021-yilgi „100 ayol“ roʻyxatiga kiritilgan[1].
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amiri 1990-yilda Kobulda tugʻilgan va 1996-yilda Tolibon hokimiyat tepasiga kelishidan oldin maktabga borgan[2]. Tolibonning qizlar uchun maktablarni yopish haqidagi buyrugʻi tufayli Amirining taʼlimi toʻxtab qoladi[3]. Amirning koʻplab qarindoshlari Afgʻoniston shimolidagi Panjsherga qochib ketishgan, ammo otasi qolishga qaror qilgan. Onasi vafotidan keyin otasi yana uylangan va oilasi Pokistonga koʻchib oʻtishgan[2]. Amiridan oilasida ovqat pishirish va kundalik tozalash ishlarini bajargan. 15 yoshga toʻlganida, Tolibon hokimiyatni qoʻldan boy beradi[4]. Oila Kobulga qaytib keladi, shaharda qizlar uchun taʼlim va ayollar uchun esa ishlash imkoniyati paydo boʻladi[5]. Biroq Amirining hayoti avvalgidek davom etadi: endi oʻzi uchun taʼlim olish imkoniyati oʻrniga oilasi uchun ovqat pishirishi va kundalik tozalashi ishlarini bajarishi shart boʻlgan. Kobulga qaytganidan besh yil oʻtgach, amakivachchasi Amiriga maktabga oʻqishga kirishga yordam beradi[2]. Maktabnu tugatgandan soʻng Amiri huquqni oʻrganish uchun Dunya universitetiga oʻqishga kiradi. Amiri Virginia Woolfning „Shaxsiy xona“ asarini oʻqib, yozuvchining muxlisiga aylanadi[2]. Universitetni tugatgandan soʻng, Amiri kichik kutubxona ochib, kutubxonada „sabzi choyi“ (kardamon qoʻshilgan anʼanaviy afgʻon koʻk choyi) ustida feminizm haqida munozaralar olib borgan[2]. 2021-yil 15-avgustda Tolibon hokimiyatga qaytib kelishi bilan darhol ayollar erkinligini cheklashni boshlaydi[6]. Bir kuni Amiri ishga kelib, eshik qulflanganini va kutubxonasi yopiqligini koʻradi. Keyinchalik Amiri „Afgʻoniston kurashayotgan ayollarining spontan harakati“ (inglizcha: „Spontaneous Movement of Fighting Women of Afghanistan“)ga qoʻshilib, uning doirasida ayollarning mehnat qilish huquqini himoya qilgan, boshqa ayollar bilan birga koʻchalardagi namoyishlarda chiqa boshlagan[7]. Ularni koʻzdan yosh oqizuvchi gaz, osmonga qarata oʻq uzish va hatto kaltaklash bilan kutib olishgan[2]. Shunga qaramay, Amiri namoyishni davom ettirgan. Koʻplab namoyishchilar hibsga olinganidan soʻng, Amiri toliblardan yashirinish uchun xavfsiz joyga koʻchib oʻtadi[2][8]. Ammo 2022-yil fevral oyida Amiri va yana bir qancha ayollar hibsga olinib, ichki ishlar vazirligiga olib ketilgan, u yerda 18 kun ushlab turilgan[8]. Oʻsha yerda Amiri videoaloqa orqali oʻzining va unga yordam bergan odamning ismini aytishi kerak boʻlgan. Unga xorijdagi afgʻonlar Amirini norozilik namoyishiga chaqirishganini aytish buyurilgan. Bu bayonot namoyishchi ayollarning namoyishga Afgʻonistondan evakuatsiya qilinishi va mashhur boʻlishi uchun chiqqandek taassurot qoldiradi. Amiri Afgʻonistonning yirik yangiliklar kanali Tolo Newsda efirga uzatilgan bu bayonot uning oʻziga katta zarar yetkazganini tan oladi[2]. Amiri va boshqa ayollar oxir-oqibat qoʻyib yuborilib, ularga boshqa norozilik namoyishlarida ishtirok etmaslik buyuriladi[2][8]. Tolibon kejakda ularning hokimiyatiga qarshi chiqmasligini taʼminlash uchun Amiri oilasining uy hujjatlarini olib qoʻyishadi[8]. Natijada Amiri oilasining qistovi bilan Afgʻonistonni tark etib, Pokistonda yashashga majbur boʻlgan. 2023-yil sentyabr oyida Afgʻonistonda ayollarga nisbatan qilinayotgan munosabatga norozilik sifatida oʻn kunlik ochlik eʼlon qilgan ayollar guruhiga qoʻshiladi. Ushbu norozlikda Tamana Zaryab Paryani va Nayera Kohistani kabi faollar ham qatnashgan[9].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „BBC 100 Women 2021: Who is on the list this year?“ (inglizcha). BBC News (2021-yil 7-dekabr). 2026-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 9-mart.
- 1 2 3 4 5 6 7 8 9 „The librarian who defied the Taliban“ (inglizcha). BBC News (2022-yil 11-avgust). 2026-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 9-mart.
- ↑ „One Year On, the Taliban Still Attacking Girls’ Right to Education“ (inglizcha). Human Rights Watch (2023-yil 24-mart). 2026-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 9-mart.
- ↑ „How the Taliban has changed Afghanistan, a year after taking power“ (inglizcha). PBS NewsHour (2022-yil 30-avgust). 2026-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 9-mart.
- ↑ Elaine Unterhalter. „The history of secret education for girls in Afghanistan – and its use as a political symbol“ (inglizcha). The Conversation (2022-yil 23-avgust). 2026-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 9-mart.
- ↑ „Reaffirming our commitment to the brave women of Afghanistan“ (inglizcha). Amnesty International (2023-yil 7-mart). 2026-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 9-mart.
- ↑ „Os diários secretos de mulheres afegãs após chegada do Talebã ao poder“ (portugalcha). Época Negócios (2026-yil 9-mart). Qaraldi: 2026-yil 9-mart.
- 1 2 3 4 „Women, Protest and Power- Confronting the Taliban“ (inglizcha). Amnesty International (2023-yil 7-mart). 2026-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 9-mart.
- ↑ „Femena Stands in Solidarity with Brave Women of Afghanistan Demanding Justice and Accountability - Femena, Rights Peace Inclusion“ (inglizcha) (2023-yil 13-sentyabr). 2026-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 9-mart.