Vyo Bulon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vieux Boulogne (fransuzcha: Vieux Boulogne, fransuzcha: Sablé du Boulonnais — fransuz yumshoq pishlogʻi. Nord-Pas-de-Kaledagi Bulon-syur-Mer shahrida tayyorlanadigan pishloq navi. Yorqin zargʻaldoq tusli qobigʻi ishlab chiqarish jarayonida pivoda namlanadi. Pishloq eng sassiq fransuz pishloqi sifatida shuhrat qozongan[1].

Vieux Boulogne qaynatilmagan sigir sutidan tayyorlanadi. 7-9 haftada yetiladi. Tayyor shakli kvadrat shaklida, kengligi 11 sm va balandligi 4 sm, ogʻirligi 500 gramm atrofida boʻladi. Pishloq oldindan sotiladigan — pre-salé toifasidagi pishloqlar qatoriga kiradi (u ishlab chiqarish jarayonida tuzlanadi).

Pishloq oʻzining kuchli hidi bilan mashhur. 2004-yil noyabr oyida Krenfild universiteti (Bedfordshire) tadqiqotchilari Vieux Boulogneʼni 15 ta fransuz va ingliz pishloqlarining orasida „eng sassigʻi“ deb topishdi[2]. 2007-yilda xuddi shu universitetda „elektron burun“ yordamida oʻtkazilgan yana bir tadqiqot Vieux Boulogne „maqomi“ni tasdiqladi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Masui K., Yamada T. Fransuzskie siri : illyustrirovannaya ensiklopediya = [French Cheeses] / Kazuko Masui, Tomoko Yamada; vstup. sl. J. Robyushon; per. s angl.: S. Sapronov; foto Y. Maruyama. — SPb. : Izd. dom „Neva“, 2003. — S. 230. — (A Dorling Kindersley Book). — ISBN 5-7654-2333-7.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]