Vyacheslav Gvozdkov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vyacheslav Alekseevich Gvozdkov (1947.20.4, Slivensh., Bolgariya) — rejissyor Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). Saratov teatr bilim yurtining aktyorlik boʻlimini (1968), Leningrad teatr, musiqa va kinematografiya institutining rejissyor lik boʻlimini (1979) tugatgan. 1968 – 84 yillar turli teatrlarda, 1984 – 89 yillar M. Gorkiy nomidagi akademik rus drama teatrida bosh rejissyor 1990-yildan Sankt-Peterburg teatrida bosh rejissyor Toshkent rus drama teatrida qoʻygan eng yaxshi spsktakllari: "Uchdan oltiga qadar" (A. Chxeidze), "Zinulya" (A. Gelman), "Soʻnggi qabul" (V. Dozorsev), "Vijdon diktaturasi", "Marhumlar nidosi" (M. Shatrov) va boshqa.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil