Vrachning sir saqlashi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vrachning sir saqlashi - vrachlar va b. tibbiyot xodimlarining bemorlar haqidagi maʼlumotlarni zinhor oshkor qilmaslik burchi. Yuqumli kasalliklar tarqalish xavfi tugʻilganda hamda sud-tergov organlari va tibbiy muassasalar talab qilganda sir saqlanilmaydi. V.s.s. va umuman davolash-profilaktika muassasasi xodimlarining sir saqlashi OʻzRning sogʻliqni sakdash toʻgʻrisidagi qonunlari va vrach qasamyodida qayd etilgan. Tibbiyot xodimlari qonun bilan belgilangan V.s.s. burchini hamisha yodda tutishlari va unga qatʼiy amal qilishlari zarur.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil