Vozrojdeniye

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

VozrojdeniyeOrol dengizining markaziy qismidagi orol. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida. 1961 yilga qadar mayd. 216 km² boʻlgan. Eng baland joyi 56 m. Yer yuzasi tekislik boʻlib, qum va qumoqlardan tarkib toptan. Doʻig qumlar uchraydi. Doimiy oqar suv yoʻq, daraxt oʻsmaydi. Choʻl va chala choʻl oʻsimliklaridan yulgʻun, shoʻra, oqbosh, qoʻshbarg , yantoq kabilar qumli, oʻtloqi-taqir va shoʻrxok yerlarda tarqalgan. 1961 yildan Orol dengizi sathining muttasil pasayib borishi natijasida V. ning maydoni ayniqsa shimoli-gʻarb va janubi-gʻarb tomon kengaydi. Yangi vujudga kelgan quruqlik asosan qumlikdan iborat boʻlib, nihoyatda shoʻr. Bu yerda siyrak holda bir yillik shoʻralar (qora shoʻra va qizil shoʻra), goho yulgʻun va qorabaroq uchraydi. Vozrojdeniyeda aholi yashamaydi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil