Vozneseniye oroli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vozneseniye oroli - Atlantika okeanining markaziy qismidagi vulkanik orol, Buyuk Britaniya mulki. Mayd. 88 km2. Aholisi 1,4 ming kishi (1989). Maʼmuriy markazi va port shahri — Jorjtaun. Yer yuzasi platodan iborat; traxit, riolit va bazalt jinslardan tarkib topgan. Oʻchgan vulkan krateri koʻp (30 dan ortiq). Eng bal. joyi 858 m (Grin-Mauntin togʻi). Iqlimi tropik passatli issiq iklim. Yillik yogʻin 700 –1000 mm. Oʻt-oʻsimliklari keng tarqalgan, oʻrmonlar bor. Sabzavot, mevalar yetishtiriladi. Orolni 1501 y.da Vozneseniye bayrami kuni portugallar kashf etgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil