Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining kriminologik tavsifi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining kriminologik tavsifi — 13 yoshdan 18 yoshga qadar boʻlgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning sabablari va ularning oldini olishga oid maʼlumotlar yigʻindisi. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi umuman jinoyatchilikni vujudga keltiruvchi omillar taʼsirida rivojlanadi. Shu sababdan ham voyaga etmaganlar jinoyatchiligini tadqiq etishda kriminologiyaga oid boʻlgan umumiy tavsiflar, koʻrsatkichlar va usullardan foydalaniladi. Shu bn birga, voyaga etmaganlar jinoyatchiligining tahlili aynan voyaga etmaganlar jinoyatchiligiga taʼsir koʻrsatuvchi omillar va shart — sharoitlarni aniqlashga qaratilishi lozim. Voyaga etmaganlar jinoyatchiligining oldini olishni jinoyat huquqiy choralar vositasida taʼsir koʻrsatish bn qoʻshib olib borish oʻsib kelayotgan avlodning maʼnaviy sogʻligini muhofaza qilishning zarur sharti hisoblanadi. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi respublikamizda soʻnggi yillarda umumiy jinoyatchilikning 3,4 %ni tashkil qilgan. Ushbu koʻrsatkich 2005-y.da 4,2 % ni tashkil etdi. Jinoyatchilarning anchagina qismi latent boʻlib qolmoqda, chunki atrofdagilar koʻpincha ularning jinoyatlarini yoshi bn bogʻliq boʻlgan shoʻxlik deb hisoblaydilar va bu xaqda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bermaydilar. Voyaga etmaganlar jinoyatchiligi quyidagi xususiyatlarga egadir: a) voyaga etmaganlar tomonidan sodir etilgan zoʻrlik ishlatish va tamagirlik ular jinoyatchiligining 8 % ni tashkil etadi va bu koʻrsatkich anchagina barqarordir[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi