Voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha komissiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya — OʻzR VMning 2001-yil 21-sentyabrdagi 360 — son „Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida“gi qaroriga muvofiq Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya Oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi, voyaga etmaganlar oʻrtasida nazoratsiz qolishlar va huquqbuzarliklarning oldini olish organlari hisoblanadilar.

  • Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya: voyaga etmaganlarning nazoratsiz, qarovsiz qolishlari, huquqbuzarliklari va jamiyat uchun zararli xatti — xarakat qilishlarining oldini olish, bularga imkon tugʻdiruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash xamda bartaraf etish;
  • voyaga etmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ximoya qilinishini taʼminlash;
  • ijtimoiy jihatdan xavfli axvolda boʻlgan voyaga etmaganlarni ijtimoiy — pedagogika jihatdan reabilitatsiya qilish maqsadida tuziladi. Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya tum.lar, sh.lar, vil.lar xokimliklari , QR Vazirlar Kengashi , OʻzR VM huzurida tuziladi. Tum.lar, sh.lar, vil.lar huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya tegishli xokimlar tomonidan tuziladi. QR Vazirlar Kengashi xuzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya QR Vazirlar Kengashi tomonidan tuziladi. OʻzR VM huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya OʻzR VM tomonidan tuziladi. Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya oʻz faoliyatida yuqori turuvchi komissiyalarga, shuningdek, tegishli hokimliklar , QR Vazirlar Kengashi , OʻzR VMga hisob beradilar. Komissiyalar rais (tum . , sh . , vil . hokimi oʻrin bosari , QR Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari), rais oʻrinbosari, masʼul kotib va komissiyaning 6-12 aʼzosi tarkibida tuziladi. Komissiya aʼzolari soni komissiyaning ish hajmiga qarab belgilanadi. Komissiyaning masʼul kotibi kundalik ishlarni va komissiya qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Tum.lar, sh.lar va vil.lar hokimliklari , QR Vazirlar Kengashi huzuridagi komissiyalarda boshqa ishlardan ozod masʼul kotib lavozimi, zaruriyat boʻlganda esa voyaga etmaganlar bn ishlash boʻyicha inspektor lavozimi joriy etiladi. Komissiya tarkibiga oliy va oʻrta maxsus, kasb — xunar taʼlimi, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy taʼminot, ichki ishlar, mehnat organlari, xotin — qizlar qoʻmitasi, kasaba uyushmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, mudofaaga koʻmaklashish jamiyati, mexnat jamoalari, madaniy — maʼrifiy va b. muassasalarning vakillari kiradilar.[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzR VMning 2001-yil 21-sentyabrdagi 360—sonli Qarori
  2. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi