Vosita kelishigi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Grammatikada vosita kelishigi yoki vosita-qurol kelishigi gapdagi shaxsning biror ish-harakatni bajarishida vosita sifatida ishlatilinadigan otga (ya’ni vositaga) qo’shiladigan kelishik qõshimchasidir. Misol: “O’quvchi qalamla yozmoqda”; bu gapda shaxs - o’quvchi boʼlib, qalam soʼziga (xuddi Turkchadagi kabi) -la qoʼshimchasining qo’shilgani qalamning vosita ekanligini anglatadi. Vosita kelishigi turkiy tillar taraqqiyotining qadimgi davrlariga xos boʻlgan. Vosita kelishigining shakli Qadimgi Turk tilida -n, -in, -ïn, -un, -ün qo’shimchalari bilan hosil boʻlgan: arzu+n, adaq+in, til+in, qol+un, köz+ün kabi. Bu kelishik Oʻrxun-Enasoy va qadimgi turkiy tilning boshqa yodgorliklarida, "Qutadgʻu bilig" va "Devonu lugʻatit-turk" asarlarida ancha keng isteʼmolda boʻlib, vositani bildirishdan tashqari boshqa, ancha keng ma’nolarga ham ega boʻlgan. Masalan: 1. Qurolni, vositani bildiradi, yaʼni ish-harakatning amalga oshuvi vosita kelishigidagi soʻzning ifodalagan narsasi yordamida, vositasida boʻladi: Az tutuqigʻ aligin tutdi (Oʻrxun-Enasoy) - "Azlar garovini qoʻli bilan tutdi". 2. Ushbu qo’shimchalar shuningdek birgalik kelishigining oʼrnida ham qoʼllanilgan.