Vosima ibn Muso
Vosima ibn Muso (851-yil 9-dekabrda vafot etgan), al-Vashshaʼ („kashta savdogari“) nomini olgan fors musulmon tarixchisi va ipak savdosi bilan shugʻullangan savdogar[1].
Vosima Faso shahrida (hozirgi Eronning Xuziston viloyatidagi shahar)da tugʻilgan. Avval Basraga, keyin Misrga, undan soʻng al-Andalusga (Ispaniya) koʻchib oʻtgan. Oxir-oqibat, Fustot shahrida (hozirgi Qohira shahri yaqinida joylashgan) istiqomat qilgan. Vosima hadis ilmini chuqur oʻrgangan. Ibn al-Farodiy bergan maʼlumotlarga koʻra, uning Gʻarbga qilgan sayohatlari, asosan, hadis toʻplash maqsadida boʻlgan. Vosima arab tilida „Kitob fi Axbor ar-Ridda“ („Ridda voqealari haqida kitob“) nomli asar yozgan va bu kitob 632-yildagi buyuk irtidod (islom dinidan qaytish) voqealari haqida edi. Biroq bu asar bizgacha toʻliq holda yetib kelmagan, ushbu kitobdan olingan 110 dan ortiq iqtiboslar boshqa mualliflar, jumladan, Ibn Xallikon, Ibn Shokir al-Kutubiy, Yoqut ar-Rumiy va Ibn Hojar al-Asqaloniy kabi olimlar asarlarida keltirilgan[1].
Vosima Fustot shahrida vafot etgan[1]. Uning oʻgʻli Umara ibn Vosima ham Fustotda tugʻilgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Blatherwick, Helen. Prophets, Gods and Kings in Sīrat Sayf ibn Dhī Yazan: An Intertextual Reading of an Egyptian Popular Epic. Brill, 2016.
- Khoury, Raif Georges (2002). "Wat̲h̲īma b. Mūsā". in Bearman, P. J.. Encyclopaedia of Islam. Volume XI: W–Z (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 179–180 b. ISBN 978-90-04-12756-2. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=Wat%CC%B2h%CC%B2%C4%ABma+b.+M%C5%ABs%C4%81&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.
- Ibn Khallikan's Biographical Dictionary, Paris, 1868.